All

Buxorodagi bozorda 2700 dollarni soʻmga ayirboshlayotgan fuqaro qoʻlga olindi

Buxoroda bozorda 2700 AQSH dollarini 28.430.000 soʻmga ayirboshlayotgan fuqaro qoʻlga olindi. Bu haqda viloyat IIB xabar berdi.

20:17 21 May 2021
Oʻzbekistonda aholining suvdan qarzdorligi 555,8 mlrd soʻmga yetdi

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida “Aholining ichimlik suvi boʻyicha debitor qarzdorligi va tarmoqqa noqonuniy ulanishlarning oldini olish” mavzusida oʻtkazilgan matbuot anjumanida Oʻzbekiston boʻyicha suvdan qarzdorlik 674,1 milliard soʻmga yetgani maʼlum qilindi.

20:13 21 May 2021
Oʻzbekistonda dam olish kunlari havo issiq boʻladi

“Oʻzgidromet” xabariga koʻra, 21-may kuni kunning ikkinchi yarmida Fargʻona vodiysi viloyatlarida va kechga tomon Toshkent viloyatida qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi ehtimoli bor. Shamol 17-22 metr/sekundgacha kuchayishi kutilmoqda.

20:08 21 May 2021
Toshkent shahrining ayrim hududlari elektr taʼminotidan vaqtincha uziladi

Toshkent shahrining Olmazor va Yunusobod tumanlaridagi ayrim hududlar 22-may kuni 11 soatga elektr energiyasi taʼminotidan uziladi. Bu haqda “Toshkent shahar elektr tarmoqlari korxonasi” axborot xizmati xabar berdi.

20:00 21 May 2021
Oxirgi sutkada dunyo boʻyicha koronavirusdan 13 ming nafardan ortiq inson vafot etdi

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti maʼlumotlariga koʻra, dunyoda koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar soni 164 million 523 mingdan ortiqni tashkil etmoqda, shundan 3 million 412 mingdan ziyod kishi vafot etgan (20.05.2021-yil Yevropa vaqti bilan soat 18:46 holatiga koʻra).

19:54 21 May 2021
Shavkat Mirziyoyev Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashi yigʻilishida ishtirok etdi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 21-may kuni videoanjuman shaklida oʻtgan Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashining navbatdagi yigʻilishida ishtirok etdi.

19:40 21 May 2021
Bosh vazir maslahatchisi: “Men sehrgar emasmanki, internetni tezlashtirib yuborsam”

Bugun Toshkent besh tashabbus harakati doirasida yoshlarning AKT yoʻnalishi vakillari bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Uchrashuv davomida Olimjon Umarov yigʻilganlar bilan muloqot vaqtida koʻpchilikka qiziq boʻlgan mavzu – internet tezligi haqidagi savolga javob qaytardi. Bu haqda “Xalq soʻzi” muxbiri Inobat AHATOVA...

19:32 21 May 2021
Talaba yotoqxonadan bir yilda oʻn oy foydalanish huquqiga ega – Musayev talabalar yotoqxonadan chiqarib yuborilayotgani haqida

“Toshkent 5 tashabbus harakati” yoshlar festivali doirasida Bosh vazir oʻrinbosari Behzod Musayev yoshlar bilan ochiq muloqot oʻtkazdi.

19:18 21 May 2021
Sobiq politsiyachi oʻnlab ayollarni oʻldirib, oʻz hovlisiga koʻmib kelgan

Salvadorda sobiq politsiyachi oʻnlab ayollarni oʻldirib, ularning jasadlarini oʻz hovlisiga koʻmib kelgani maʼlum boʻldi.

18:31 21 May 2021
OTM kirish imtihonlarida 5ta fandan test boʻlishi masalasi hozircha hech qayerda tasdiqlangani yoʻq — Behzod Musayev

“Toshkent besh tashabbus harakati” doirasida Yoshlar bilan ochiq muloqotda qatnashgan Bosh vazir oʻrinbosari Behzod Musayev oliy taʼlim muassasalariga kirish imtihonlari uchun beshta fandan test sinovlari boʻlishi haqidagi masalaga toʻxtalib oʻtdi

17:35 21 May 2021
Bu yil “Yangi Oʻzbekiston” universiteti ochiladi

Avvalroq, “Toshkent 5 tashabbus harakati” yoshlar festivaliga start berilgani haqida xabar bergan edik.

16:52 21 May 2021
Tez orada Buxoro tarixiy markazida shaxmat maydonchasi barpo etiladi

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari – Turizm va sport vaziri Aziz Abduxakimovning joriy aprel oyida Buxoro viloyatiga amalga oshirgan tashrifi davomida Buxoro shahrining tarixiy qismida joylashgan “Labi Hovuz” ansambli hududiga yaqin joyda, Nodir Devonbegi honaqosi va Badriddin karvonsaroyi orasidagi boʻsh...

16:30 21 May 2021
“Moʻynoqqa madad” velomarafoniga Xonobodda start berildi

Bugun “Moʻynoqqa madad” ekologik xayriya velomarafoniga Andijon viloyatining Xonobod shahrida start berildi. Ekologik xayriya marafonini oʻtkazishdan maqsad mamlakatimizda velosportni ommalashtirish, yoshlarning sport bilan shugʻullanishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish bilan bir qatorda Orolboʻyi hududida yashayotgan aholining turmush sharoitini yaxshilash hamda keng...

16:28 21 May 2021
Ombudsman Sankt-Peterburgdagi 150 nafardan ortiq oʻzbek muhojirlarning yashash sharoitlarini oʻrgandi

Joriy yilning 19-may kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) Feruza Eshmatova Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini vaqtincha saqlash joylaridagi sharoitlar bilan tanishish maqsadida Sankt-Peterburgning Krasnosel tumanida joylashgan 1-sonli xorijiy fuqarolarni vaqtincha saqlash markaziga tashrif buyurdi.

16:24 21 May 2021
Yunus Emroning yangi devoni topildi

Vatikan internet tarmoqlarida berib borilayotgan elektron kitoblar orasida turk shoiri Yunus Emroning shu paytgacha maʼlum boʻlmagan 200 sheʼrdan iborat yangi devoni taqdim etildi.

16:22 21 May 2021
Oʻzbekistonda ayrim toifa odamlarga niqob taqmaslikka ruxsat beriladi — Koronavirusga qarshi kurashish shtabi aʼzosi

Ayrim davlatlarda vaksina olganlarga niqobsiz yurish va ijtimoiy masofani saqlamaslikka ruxsat berilayotgan ekan. Bu qanchalik toʻgʻri? Ushbu savolga Koronavirusga qarshi kurashish shtabi aʼzosi, tibbiyot fanlari doktori Sevara Ubaydullayeva javob berdi.

15:27 21 May 2021
Soʻnggi 4 yilda Oʻzbekistonga olib kelingan elektromobillar haqida maʼlumot berildi

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2021-yilning yanvar-aprel oylarida Oʻzbekistonga xorijdan 156 ta elektromobil import qilingan. Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 138 taga koʻp

15:21 21 May 2021
Koʻpincha biz oʻz qarichimiz bilan mamlakatning katta siyosatini oʻlchamoqchi boʻlamiz. Bu toʻgʻri emas...

Oʻzbekistonning tashqi qarzi bilan bogʻliq masala har doim va hamma uchun qiziq boʻlgan. Shu bois bu haqda turli fikr-mulohazalar va qarashlar bildirilayotganidan xabaringiz bor. Biz mazkur mavzuga chuqurroq yondashish, mavzu mohiyatini teranroq ochib berish maqsadida soha mutaxassislari bilan suhbatlashishni rejalashtirganmiz.

15:18 21 May 2021
Oʻzbekistonda bir hafta davomida maʼmuriy jarimalarni onlayn toʻlash imkoni boʻlmaydi

dyhxx.ejarima.uz tizimini modernizatsiya qilish va takomillashtirish ishlari amalga oshiriladi. Bu haqda Yoʻl harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi xabar berdi

15:12 21 May 2021
Oʻzbekiston boʻyicha suvdan qarzdorlik 674,1 mlrd. soʻmni tashkil etmoqda

«Oʻzsuvtaʼminot» AJ mutasaddilari ishtirok etgan tadbirda qayd etilishicha, shu yilning birinchi choragida elektron toʻlov tizimlari orqali 39,3 mlrd. soʻm kelib tushdi, ushbu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davriga (22,8 mlrd. soʻm) nisbatan 72 foizga oshdi.

15:03 21 May 2021

Yangiliklar taqvimi

Кластер