OTM kirish imtihonlarida 5ta fandan test boʻlishi masalasi hozircha hech qayerda tasdiqlangani yoʻq — Behzod Musayev

17:35 21 May 2021 Jamiyat
1992 0

“Toshkent besh tashabbus harakati” doirasida Yoshlar bilan ochiq muloqotda qatnashgan Bosh vazir oʻrinbosari Behzod Musayev oliy taʼlim muassasalariga kirish imtihonlari uchun beshta fandan test sinovlari boʻlishi haqidagi masalaga toʻxtalib oʻtdi.

«Hozircha bu yilgi test sinovlarida nechta fandan imtihon boʻlishi masalasi toʻliq hal boʻlgani yoʻq. Bu masalani hal qiladigan respublikaning maxsus komissiyasi bor. Ushbu komissiya aʼzosi sifatida sizga aytishim mumkinki, 5ta fandan test boʻlishi masalasi hech qayerda tasdiqlangani yoʻq.

Koʻrdingiz pandemiya sabab oʻtgan yili 2ta fandan imtihonlar oʻtkazildi. Karantin toʻliq chekinmagan holatda ikkita fandan topshirib, keyingi yilda birdaniga beshta fandan boʻlishi ham unchalik toʻgʻri boʻlmaydi. Bu masala koʻrib chiqilmoqda va tez orada aniq bir toʻxtamga kelinadi», dedi Musayev.

 

Inobat AHATOVA, 

“Xalq soʻzi”

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер