Oxirgi sutkada dunyo boʻyicha koronavirusdan 13 ming nafardan ortiq inson vafot etdi
Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti maʼlumotlariga koʻra, dunyoda koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar soni 164 million 523 mingdan ortiqni tashkil etmoqda, shundan 3 million 412 mingdan ziyod kishi vafot etgan (20.05.2021-yil Yevropa vaqti bilan soat 18:46 holatiga koʻra).
Oxirgi sutka davomida dunyoda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanishning 638 247 yangi holati aniqlandi.
13 247 nafar bemor vafot etdi.
Jons Xopkins universitetining hozirgi (21.05.2021-yil Toshkent vaqti bilan soat 10:20 holati) maʼlumotlariga koʻra, dunyoda kasallikni 165 million 537 mingdan ortiq odam yuqtirgan, ulardan 3 million 430 mingdan ortigʻi vafot etgan.
Kasallik tasdiqlangan holatlar boʻyicha:
AQSH birinchi oʻrinda turibdi, u yerda JSST maʼlumotlariga koʻra 32,676 milliondan ortiq koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar aniqlangan.
Ikkinchi oʻrinda Hindiston (25,772 milliondan ortiq),
uchinchi oʻrinda Braziliya (15,732 milliondan ortiq),
toʻrtinchi oʻrinda Fransiya (5,820 milliondan ortiq),
beshinchi oʻrinda esa Turkiya (5,151 milliondan ortiq).
JSST maʼlumotlariga koʻra, bir sutka davomida AQSHda 29 792, Hindistonda 276 110, Braziliyada 75 445, Fransiyada 18 780, Turkiyada esa 11 553 nafar yangi kasallanish holati aniqlangan.
Jons Xopkins universitetining hozirgi maʼlumotlariga koʻra, dunyo boʻyicha koronavirusga qarshi 1 milliard 569 milliondan ortiq doza vaksina qoʻllanilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring