All

Yangi tashkil etilgan korxonalar soni yuqori boʻlgan hududlar maʼlum qilindi

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, respublikamizda 2021-yil yanvar-iyul oylarida (fermer va dehqon xoʻjaliklarisiz) jami 61 612 ta korxona va tashkilotlar yangi tashkil etilgan.

11:29 17 Avgust 2021
Oʻzbekistonning doimiy aholisi 30 yilda qariyb 14 millionga oʻsgani maʼlum qilindi

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasida 1991-yilda doimiy aholi soni 20,6 mln. kishini tashkil etgan.

11:18 17 Avgust 2021
Jizzaxda yengil va yuk avtomobillar toʻqnashdi

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 2021-yil 16-avgust kuni soat 17:00 larda, Jizzax viloyati, Gʻallaorol tumani hududidan oʻtgan M-39 avtomobil yoʻlining 1005-kilometrida haydovchi, 1995-yilda tugʻilgan X.M. boshqaruvidagi “Kobalt” rusumli yengil avtomobil hamda haydovchi, 1992-yilda tugʻilgan O.J. boshqaruvida boʻlgan “Zil” rusumli yuk avtomobili ishtirokida...

11:06 17 Avgust 2021
Qaysi hudud xorijga eng koʻp gilam eksport qilgan?

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston 2021-yilning yanvar-iyun oylarida hududlar kesimida gilam eksporti:

11:04 17 Avgust 2021
Oʻzbekistonda qoʻllanilgan vaksinalar 12 million dozadan oshdi

16-avgustda mamlakatimiz hududlari boʻylab 162 723 doza COVID-19ga qarshi vaksina qoʻllanildi. Ulardan:

10:59 17 Avgust 2021
Ichan - Qalʼa hududidan gumbazsimon gulbadav topildi

Ichan - Qalʼa davlat qoʻriqxonasi koʻchalaridagi oqava suv quvurlari oʻtkazilayotgan paytda, XX asr boshida, 1905-yilda qurilgan Matpanaboy madrasasining shimoliy - sharqiy qismida shu davr uchun moʻljallangan oqava suvlar ketadigan gumbazsimon gulbadav topildi. Bu haqda Madaniy meros agentligi Matbuot xizmati maʼlum...

10:55 17 Avgust 2021
Yirik sanoat korxonalari tomonidan qariyb 6 ming tonna portlandsement ishlab chiqarildi

Davlat statistika qoʻmitasining maʼlumotlariga koʻra, respublikada 2021-yilning yanvar–iyun oylarida yirik sanoat korxonalari tomonidan 5 807,2 ming tonna portlandsement ishlab chiqarilgan.

10:43 17 Avgust 2021
Oʻzbek-xitoy vaksinasining sinovida ishtirok etgan koʻngillilarning necha foizida nojoʻya ta’sirlar kuzatilgani ma’lum qilindi

ZF-UZ-VAC2001 vaksinasining Oʻzbekistonda oʻtkazilgan klinik sinovlari davomida emlashdan keyin jiddiy yon taʼsiri va oʻlim holatlari boʻlmagan.

10:21 17 Avgust 2021
Kecha Oʻzbekistonda 846 nafar kishida koronavirus aniqlanib, 6 nafar bemor vafot etdi

2021-yil 16-avgust holatiga koʻra, Oʻzbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 144764 (+846) nafarni tashkil etmoqda. 6 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 987 nafarni tashkil qildi.

10:13 17 Avgust 2021
Sirdaryoda tornado boʻlgani haqida videolar tarqaldi. “Oʻzgidromet” holat yuzasidan izoh berdi

Ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirilgan hamda «Sirdaryoda tornado» deb nomlangan videolavha 2021-yilning 16-avgustida Sirdaryo viloyatida kuzatilgan. “Oʻzgidromet” holat yuzasidan izoh berdi.

10:06 17 Avgust 2021
Qarshida «Neksiya» urib yuborishi oqibatida 9 oylik bola halok boʻldi

2021-yil 10-avgust kuni soat 21:10 larda, Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahar, Mustaqillik koʻchasida joylashgan “Davlat xizmatlari agentligi” binosi roʻparasida haydovchi F.E. «Neksiya» rusumli avtomobilda harakatlanayotib, tartibga solinmagan (yoʻl belgilari va chiziqlari bilan belgilangan) piyodalar oʻtish joyidan onasi bilan oʻtayotgan, bolalar aravachasida...

10:01 17 Avgust 2021
Andijonda qariyb 4,5 million dollarlik avtobuslar sotib olinmoqda

Andijon viloyati markazida 20 ta “Zhu yonghu” rusumli avtobuslar harakatlana boshladi. Bunga “Alpomish merosi” MCHJning ”ZHONGTONG BUS (HONG KONG) Company LIMITED” korxonasi bilan 4,375 mln. AQSH dollari miqdorida  tuzilgan shartnoma tufayli erishildi.

09:14 17 Avgust 2021
Kam taʼminlangan oilalar farzandlarining bilim olish imkoniyatlari kengaytiriladi

Hukumat qarori bilan Kam taʼminlangan oilalar farzandlarining umumtaʼlim muassasalaridagi kuni uzaytirilgan guruhlarda oʻqishini moddiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

22:03 16 Avgust 2021
Talabaning oʻqishini Toshkent davlat yuridik universitetiga koʻchirib bermoqchi boʻlgan firibgar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Jalaquduq tumani boʻlimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro L.N. fuqaro M.ning Qirgʻiziston Respublikasi, Jalolobod shahridagi zamonaviy xalqaro universitetidagi oʻqishini yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali Toshkent davlat yuridik universitetiga koʻchirib berish evaziga 3 000 AQSH...

21:54 16 Avgust 2021
Oʻzbekiston va Afgʻonistonning harbiy samolyotlari toʻqnashib ketdi

Bosh prokuratura Matbuot xizmatining xabar berishicha, Qarshi shahridagi “Xonobod” aeroportiga qoʻnish uchun ruxsat soʻragan Afgʻoniston Islom Respublikasining 3 ta “EMBRAYER-314” rusumli harbiy samolyoti Termiz aeroportiga qoʻnish toʻgʻrisida ogohlantirilib, ular Oʻzbekiston Respublikasining 2 ta “MIG-29” rusumli harbiy samolyotlari kuzatuviga olingan

21:16 16 Avgust 2021
“Telegram”da uzilishlar kuzatilmoqda

Dunyoning ayrim mintaqalarida “Telegram” messenjeri faoliyatida uzilishlar kuzatilmoqda.

21:07 16 Avgust 2021
“Uzbekistan Airways” aviachiptalarga 50 foizgacha chegirma eʼlon qildi

“Uzbekistan Airways” Mustaqillik bayramiga munosabati bilan joriy yilning 1-sentyabrdan 5-sentyabriga qadar Oʻzbekiston Respublikasi boʻylab amalga oshirilayotgan ichki reyslar aviachiptalariga 30% dan 50% gacha chegirmalarni eʼlon qildi.

20:54 16 Avgust 2021
Afgʻoniston maxsus kuchlari tarqatib yuborildi

“Soʻnggi daqiqalarga qadar maxsus kuchlar hech qanday beparvolik koʻrsatmadi va hukumat va afgʻon xalqining hayoti, mol-mulkini saqlab qolish uchun zarur deb bilgan hamma narsani qildi”, deyiladi matbuot xizmati xabarida.

20:39 16 Avgust 2021
Ichida 585 nafar harbiy boʻlgan Afgʻonistonning 22 ta harbiy samolyot hamda 24 ta harbiy vertolyotlari Termiz aeroportiga majburiy qoʻndirilgan

2021-yil 14-15-avgust kunlari Oʻzbekiston Respublikasining havo hududi chegarasidan noqonuniy oʻtgan, ichida jami 585 nafar qurollangan harbiy xizmatchilar boʻlgan, Afgʻoniston Islom Respublikasining 22 ta harbiy samolyot hamda 24 ta harbiy vertolyotlari majburiy ravishda Termiz xalqaro aeroportiga qoʻndirilgan.

20:36 16 Avgust 2021

Yangiliklar taqvimi

Кластер