Oʻzbekiston va Afgʻonistonning harbiy samolyotlari toʻqnashib ketdi
Bosh prokuratura Matbuot xizmatining xabar berishicha, Qarshi shahridagi “Xonobod” aeroportiga qoʻnish uchun ruxsat soʻragan Afgʻoniston Islom Respublikasining 3 ta “EMBRAYER-314” rusumli harbiy samolyoti Termiz aeroportiga qoʻnish toʻgʻrisida ogohlantirilib, ular Oʻzbekiston Respublikasining 2 ta “MIG-29” rusumli harbiy samolyotlari kuzatuviga olingan.
Lekin kuzatuv davomida “EMBRAYER-314” va “MIG-29” rusumli samolyotlar toʻqnashib, Surxondaryo viloyatining Sherobod tumani hududiga qulagan. Ushbu samolyotlar uchuvchilari parashyut (katapult) orqali yerga tushishgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring