All

Talabalarga toʻlov-kontrakt asosida oʻqish uchun taʼlim kreditlarini ajratish tartibi belgilandi

Hukumat qarori bilan Moliya vazirligi huzuridagi Taʼlim kreditini moliyalashtirish jamgʻarmasi hisobidan oliy taʼlim tashkilotlarida toʻlov-kontrakt asosida oʻqish uchun taʼlim kreditlarini ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi

09:22 19 Avgust 2021
Afgʻon ayollarining oʻqish va ishlash huquqi toʻgʻrisidagi qarorni Islom ulamolari kengashi qabul qiladi

Bu haqda “Tolibon” harakatining yuqori lavozimli vakili Vohidulla Hoshimiy aytib oʻtdi.

22:28 18 Avgust 2021
Joriy yilda investitsiya dasturi doirasida 306,0 mln. dollarlik 12 ta loyiha ishga tushiriladi— “Oʻzsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi

Bu haqda «Oʻzsanoatqurilishmateriallari» uyushmasi tomonidan tashkil etilgan matbuot anjumanida aytib oʻtildi.

19:07 18 Avgust 2021
Uchkoʻprikda «Mikrokreditbank» ATBning yangi bank xizmatlari markazi ish boshladi

Bunday ofislar banklarda tezkorlik hamda sifatlilik prinsiplariga mos keladi.

17:19 18 Avgust 2021
Oʻzbekistonda yengil avtomobil eksporti qariyb 123 mln dollarga oshdi

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2021-yilning yanvar - iyul oylarida xorijiy davlatlarga qiymati 194,0 mln. AQSH dollariga teng yengil avtomobillar eksport qilingan

17:03 18 Avgust 2021
Oʻzbek, tojik, qozoq... Oʻzbekiston doimiy aholisining etnik tarkibi maʼlum qilindi

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2021-yilning 1-yanvar holatiga Oʻzbekiston Respublikasi doimiy aholisi 34,6 mln. kishini tashkil etgan.

17:01 18 Avgust 2021
Afgʻonistondan Oʻzbekistonga evakuatsiya qilinganlar Germaniyaga ketgunga qadar aeroport tranzit hududida boʻlishadi

Tashqi ishlar vazirligining maʼlum qilishicha, Oʻzbekiston Respublikasi Germaniya Federativ Respublikasiga Afgʻonistondan Germaniya fuqarolarini, shuningdek Germaniyaning Afgʻonistondagi diplomatik missiyasiga xizmat koʻrsatuvchi texnik xodimlar – Afgʻoniston fuqarolarini evakuatsiya qilish jarayonida texnik koʻmak koʻrsatadi

16:52 18 Avgust 2021
“UzAvto Motors” nosoz “Lacetti”ni tuzatib berishdan bosh tortdi. Jarayonga Ombudsman aralashdi

Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakiliga (ombudsmanga) Xorazm viloyatidan kelib tushgan murojaatda fuqaro yangi sotib olgan mashinasida nosozlik borligi va “UZAUTO MOTORS” AJga murojaatlari besamar ketayotgani va uning isteʼmolchi sifatidagi huquqlari poymol etilayotganini qayd etgan.

16:43 18 Avgust 2021
Shermatov gibrid ta'lim masalasiga munosabat bildirdi

Avvalroq, Xalq taʼlimi vazirligi yangi 2021-2022 oʻquv yilida maktablarda dars jarayoni gibrid shaklda davom ettirilishiga tayyorgarlik koʻrayotganini maʼlum qilgan edi.

16:25 18 Avgust 2021
“Toshkent 3” aeroporti nomaʼlum muddatga yopiladi

2021-yil 19-avgustdan boshlab mahalliy aviaqatnovlar amalga oshiriluvchi “Toshkent 3” aeroporti texnik sabablarga koʻra nomaʼlum muddatga yopiladi. Bu haqda “Uzbekistan Airways” xabar berdi.

16:22 18 Avgust 2021
Voleybol: Markaziy Osiyo chempionatining ilk turida qanday natijalar qayd etildi?

Xabar berganimizdek, kecha Fargʻona shahrida voleybol boʻyicha erkaklar va ayollar oʻrtasida birinchi marta oʻtkazilayotgan Markaziy Osiyo chempionatiga start berildi.

16:07 18 Avgust 2021
“Mehr daftari”ga kimlar kiritiladi?

“Mehr daftari” tizimi haqida maʼlumot bersangiz, bu daftarga kimlar kiritiladi? Ushbu savolga Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi axborot xizmati rahbari Saodat Boymirzayeva javob berdi.

16:01 18 Avgust 2021
Oʻzbekistonda 4 yilda pensiya va nafaqa oluvchilar 800 ming nafarga koʻpaydi

Bugun Pensiya jamgʻarmasi boshqarma boshliqlari Nuriddin Shadixodjayev, Farrux Pardayev, Zayniddin Aralov ishtirokida oʻtkazilgan matbuot anjumanida soʻngi besh yilda belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan maʼlumot berildi.

15:57 18 Avgust 2021
Toshkentda otishma ovozi eshitildi. IIBB tekshiruv boshladi

Internet tarmogʻida otishma tovushlari haqida tarqayotgan xabarlar boʻyicha tekshiruv oʻtkazildi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar berdi.

15:33 18 Avgust 2021
Toshkent viloyatida Markaziy Osiyoda ilk bor “kapsula” usulidagi gidroagregatlar oʻrnatilgan GES ishga tushishi kutilmoqda

Toshkent viloyati Chirchiq shahrida Chirchiq-Boʻzsuv traktida joylashgan yangi “Kamolot” GES Mustaqilligimizning 30 yilligi arafasida foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan. Bu haqda “Oʻzbekgidroenergo” AJ tomonidan “Kamolot” GESiga tashkil etilgan press-turda maʼlum qilindi, deya xabar bermoqda “Xalq soʻzi” muxbiri.

15:14 18 Avgust 2021
OTMda oʻquv yili oflayn tarzda boshlanadimi? Vazirlik izoh berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda yangi oʻquv yilida taʼlim jarayonining anʼanaviy (oflayn) tarzda boshlanishi haqida tarqalgan xabarlar yuzasidan Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi izoh berdi.

15:10 18 Avgust 2021
Toshkentda 94 nafar shaxs IIBga olib ketildi. Ularning uylaridan ekstremizm va terrorchilikka oid taqiqlangan materiallar topilgan

Joriy yilning avgust oyida, Suriyada faoliyat olib borayotgan xalqaro terrorchilik tashkilotlarining bir guruh aʼzolari, hozirda qidiruvda boʻlgan 7 nafar fuqaro bilan internet tarmogʻi orqali aloqada boʻlib kelganlikda gumonlanmoqda. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar berdi.

14:51 18 Avgust 2021
IIVning ixtisoslashtirilgan maktab-internatiga kirish test sinovlari 20-avgustda boʻladi

Ichki ishlar vazirligining ixtisoslashtirilgan maktab-internatiga oʻquvchilarni oʻqishga qabul qilish uchun test sinovlari 2021-yil 20-avgust kuni 19:00 da Toshkent shahridagi Botanika bogʻida boʻlib oʻtadi.

14:35 18 Avgust 2021
Qator davlatlar fuqarolari Afgʻonistondan Oʻzbekistonga evakuatsiya qilinmoqda

Kecha Bundeswehrning A400M rusumli uchogʻi 250dan ortiq odamlarni Kobuldan evakuatsiya qildi. Bu haqda Germaniyaning Oʻzbekistondagi elchixonasi xabar berdi.

14:19 18 Avgust 2021
19-avgust kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Gidrometeorologiya xizmati markazi ertaga, 19-avgust kuni Oʻzbekistonda qanday ob-havo kuzatilishini maʼlum qildi.

14:11 18 Avgust 2021

Yangiliklar taqvimi

Кластер