All

Maqsadimiz, yoʻlimiz, manzilimiz bir

Tinchlik shunday bir neʼmatki, u bor joyda rivojlanish, taraqqiyot boʻladi. Yegan osh-noning totli, oʻtayotgan vaqting zavqli boʻladi. U bor ekan halovat bor.

11:04 05 Iyul 2022
Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha malaka oshirish instituti tashkil etiladi

Vazirlar Mahkamasining “Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga koʻra, Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni ilmiy-metodik taʼminlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazi Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni...

10:45 05 Iyul 2022
Epidemiologik nazoratni takomillashtirish maqsadida seminarlar oʻtkaziladi

Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston bilan chegaradosh Afgʻoniston va Tojikistonda aholi oʻrtasida poliomiyelit, dunyoning bir qancha mamlakatlarida esa qizamiq va qizilcha qayd etilmoqda.

10:39 05 Iyul 2022
Kecha yurtimizda kasallanishlar soni yana pasayib, 74 nafar kishida koronavirus aniqlandi

2022-yil 4-iyul holatiga koʻra, Oʻzbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 241196 (+74) nafarni tashkil etmoqda.

10:20 05 Iyul 2022
Parijda Oʻzbekiston madaniy merosiga bagʻishlangan keng qamrovli koʻrgazmalar boʻlib oʻtadi

30-iyun kuni Parijda Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi Luvr muzeyi va Arab dunyosi instituti bilan Oʻzbekistonning madaniy-tarixiy merosiga bagʻishlangan ikkita yirik koʻrgazma oʻtkazish boʻyicha shartnomalar imzoladi.

08:54 05 Iyul 2022
2026-yildan elektr energiyasi, tabiiy va suyultirilgan gaz ulgurji bozorga oʻtkaziladi hamda narxlar erkin belgilanadi

AOKAda oʻtkazilgan brifingda Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi boshqarma boshligʻi Quvonchbek Mustafoyev yoqilgʻi-energetika resurslarining narxlarini oʻzgartirish toʻgʻrisida maʼlumot berdi.

08:47 05 Iyul 2022
Yurtimizda tekbolni yanada rivojlantirish yoʻlida muhim uchrashuv boʻlib oʻtdi

Shuningdek, suhbatda milliy terma jamoamizni shakllantirish va xalqaro musobaqalarda ishtirok etish masalalariga ham toʻxtalib oʻtildi.

08:42 05 Iyul 2022
Qishki sport turlari boʻyicha respublika ixtisoslashtirilgan sport maktabi tashkil etiladi

Qishki Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlarida gʻolib va sovrindor boʻlgan Oʻzbekiston sportchilari qonunchilikda koʻrsatilgan miqdorda bir martalik pul mukofoti bilan ragʻbatlantiriladi.

08:39 05 Iyul 2022
Samarqandda fermer xoʻjaligining yer maydonini oʻz boshimchalik bilan egallab olish holati aniqlandi

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 229-1-moddasi (yer uchastkalarini oʻz boshimchalik bilan egallab olish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

08:34 05 Iyul 2022
Oʻzbekiston va Yaponiya binolar qurilishida seysmik xulosalar berish boʻyicha hamkorlik qiladi

Qurilish vazirligi mutasaddilaridan iborat delegatsiyaning yaqinda Yaponiyaga qilgan tashrifi qurilish sohasida ilmiy va amaliy hamkorlikning yangi yoʻnalishlarni belgilab berdi.

08:32 05 Iyul 2022
Oʻzbekistonning 2022-yil II choragidagi eng faol banklari aniqlandi

17 ta yirik banklar uchun tuzilgan TOP-3 likni “Kapital bank”, «Trast bank» va “Hamkor bank” egalladi.

08:28 05 Iyul 2022
Vladimir Norov Turkiya Respublikasi tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavushogʻlu bilan telefon orqali muloqot qildi

Oʻzbekiston va Turkiya oʻrtasida oliy darajadagi uchrashuvlarda erishilgan kelishuvlarni oʻz vaqtida va toʻlaqonli amalga oshirish muhimligi qayd etildi.

08:25 05 Iyul 2022
Oʻzbekistonda 5-iyul kuni qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, harorat 12 darajagacha pasayishi mumkin

“Oʻzgidromet” 5-iyul kuni respublika boʻylab kuzatiladigan ob-havo maʼlumotini eʼlon qildi.

08:07 05 Iyul 2022
Bugungi murakkab zamonda bir musht boʻlib yashamoq kerak

Iyul oyining ilk kunida Nukus shahrida boshlangan kutilmagan talatoʻp, tanti qoraqalpoq elining soddadilligidan foydalanib, oʻz manfur niyatlarini amalga oshirmoqchi boʻlgan agressiv kuchlarning harakatga kelishi barchamizni chuqur xavotirga soldi.

01:05 05 Iyul 2022
Germaniyada 1991-yildan beri birinchi marta savdoda defitsit qayd etdi

Bu haqda Federal statistika boshqarmasiga tayanib "Bloomberg" xabar bermoqda.

23:40 04 Iyul 2022
Pekin NASAning “Xitoyning Oyni egallash rejalari” haqidagi daʼvolarini tanqid qildi

Xitoy Tashqi ishlar vazirligi NASA Xitoyni Oyni egallashni rejalashtirganlikda ayblab tuhmat qilayotganini maʼlum boʻldi.

22:56 04 Iyul 2022
SHHT Oʻzbekiston hukumatining Qoraqalpogʻistonda huquq-tartibotni taʼminlash borasidagi chora-tadbirlarini qoʻllab-quvvatladi

Shanxay hamkorlik tashkiloti Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi (SHHT MATT) Ijroiya qoʻmitasi Oʻzbekiston hukumatining fuqarolarning huquq va erkinliklarini, mamlakatdagi barcha xalqlarning tinch-totuv yashashini himoya qilishga qaratilgan chora-tadbirlarini qoʻllab-quvvatladi.

22:27 04 Iyul 2022
Prezident Shavkat Mirziyoyev boshchiligida Oʻzbekiston mamlakatda osoyishtalik va birlikni saqlashga qodirdir — Xitoy TIV

Xitoy tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Chjao Liszyan Xitoy hukumatining Qoraqalpogʻistondagi voqealarga munosabatini izoh berdi.

22:16 04 Iyul 2022
Oʻzbekistonda islohotlar dasturi samaradorligini yanada oshirish masalalari koʻrib chiqildi

Eslatib oʻtamiz, Suma Chakrabarti Oʻzbekiston Prezidentining maslahatchisi etib tayinlanishidan avval sakkiz yil davomida Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki prezidenti lavozimida faoliyat yuritgan.

21:38 04 Iyul 2022
Toshkentda tadbirkorlik subyektlarining manfaatlarini himoya qilishga bagʻishlangan xalqaro forum boʻlib oʻtdi

Oʻzbekistonda xususiy sektor vakillarining huquq va qonuniy manfaatlari ishonchli himoyasini taʼminlash boʻyicha kompleks yondashuvni amaliyotga tatbiq etish faol amalga oshirilmoqda.

20:29 04 Iyul 2022

Yangiliklar taqvimi

Кластер