Germaniyada 1991-yildan beri birinchi marta savdoda defitsit qayd etdi
Arxiv surat
Germaniyada 30 yildan ortiq vaqt ichida birinchi savdoda defitsit qayd etildi. May oyida mamlakatda import eksportdan 1 milliard yevroga oshgan. Eksportga yoʻnaltirilgan Germaniya iqtisodiyoti Ukrainadagi “maxsus harbiy operatsiya” tufayli taʼminot zanjiridagi uzilishlarga duch kelgan. Bu haqda Federal statistika boshqarmasiga tayanib “Bloomberg” xabar bermoqda.
Agentlik maʼlumotlariga koʻra, iqtisodchilarning yuk tashish hajmining 0,7 foizga oshgani haqidagi prognozlaridan farqli oʻlaroq may oyida Germaniya eksporti 0,5 foizga qisqargan. Shu bilan birga, import tahlilchilar kutganiga qaragandan — 2,7 foizga oʻsgan. Natijada Germaniyaning savdo kamomadi 1 milliard yevroni (1,043 milliard dollar) tashkil etgan.
Agentlikka koʻra, Rossiyaning Ukrainadagi “harbiy maxsus operatsiyasi” va Xitoyda koronavirus blokirovkalari mamlakat iqtisodiyoti transchegaraviy taʼminot zanjirlarini izdan chiqargan va bu xalqaro savdoga sezilarli darajada toʻsqinlik qilgan.
Avvalroq, iyun oyida Germaniya sanoati federal uyushmasi 2022-yilda iqtisodiy oʻsish prognozini 1,5 foizgacha pasaytirgan edi. “Maxsus harbiy operatsiya” boshlanishidan oldin sanoatchilar YAIMning 3,5 foizga oʻsishiga umid qilishgan.
Shuningdek, uyushma Rossiya gazini yetkazib berish toʻliq toʻxtab qolsa, Germaniya tanazzulga yuz tutishi haqida ogohlantirilmoqda. “Bloomberg” maʼlumotlariga koʻra, Germaniya bu fonda G7dagi hamkorlarini qazib olinadigan yoqilgʻiga sarmoya kiritishni toʻxtatish majburiyatidan voz kechishga chaqirdi. Germaniya rasmiylari G7 mamlakatlari hozirgi energetika inqiroziga vaqtinchalik javob sifatida gaz sektoriga davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlanadigan sarmoya zarurligini tan olishlari kerakligini taʼkidlashgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring