All

2023-yilda qurilish chiqindi poligonlarini qurish uchun qariyb 28 mlrd soʻm, tibbiyot chiqindilarini zararsizlantirish uchastkalarini qurish uchun 50 mlrd soʻm mablagʻ moliyalashtiriladi

Bu haqda AOKAda oʻtkazilgan brifingda Tabiat resurslari vazirligi masʼul xodimi Jamshid Ishchanov maʼlum qildi.

22:25 06 Yanvar 2023
Oʻzbekiston Respublikasi statistika portali ishga tushirildi

Davlat statistika qoʻmitasi tomonidan “Statistika” integrallashgan axborot tizimi (SIAT) yaratildi hamda uning negizida siat.stat.uz Oʻzbekiston Respublikasi statistika portali ishga tushirildi.

22:19 06 Yanvar 2023
NATO va Yevropa Ittifoqi oʻrtasida hamkorlik toʻgʻrisidagi qoʻshma deklaratsiya imzolanadi

Joriy yilning 10-yanvar kuni Yevropa Ittifoqi bilan hamkorlik toʻgʻrisidagi uchinchi qoʻshma deklaratsiya imzolanadi.

22:12 06 Yanvar 2023
Toshkentda masʼullarni asosiy faoliyatidan chalgʻituvchi har qanday yigʻilishlar oʻtkazish taqiqlandi

Shuningdek, koʻchada xizmat qilayotgan yoʻl harakati xavfsizligi xizmati va obodonlashtirish xodimlarini issiq choy va yegulik, ixcham termos idishlari bilan taʼminlanadi.

22:06 06 Yanvar 2023
Milliy armiyamiz – Yangi Oʻzbekistonning mustahkam qalqonidir!

Ayni kunlarda mamlakatimizning barcha hududlarida boʻlgani kabi Fargʻona viloyatida ham “Milliy armiyamiz – Yangi Oʻzbekistonning mustahkam qalqonidir!” shiori ostida Qurolli Kuchlarimiz tashkil etilganining 31 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuniga bagʻishlangan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar oʻtkazilmoqda.

20:26 06 Yanvar 2023
Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston Qambarota-1 gidroelektr stansiyasini hamkorlikda quradi

Tomonlar loyihani amalga oshirishning asosiy shartlari va zarur chora-tadbirlarni belgilab oldilar.

20:19 06 Yanvar 2023
Qiymati 1 mlrd. soʻmdan ziyod boʻlgan tovarlarning hujjatlarda kodlari oʻzgartirilgani aniqlandi

Xorijdan keltiriladigan tovarlarning bojxona toʻlovlari toʻgʻri va toʻliq undirilishida tovar kodini toʻgʻri belgilash muhim ahamiyat kasb etadi.

20:15 06 Yanvar 2023
Samarqand davlat tibbiyot universitetining Jizzax filiali tashkil etiladi

Jizzax shahrida Samarqand davlat tibbiyot universitetining Jizzax filiali hamda Jizzax viloyatida eng zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlangan viloyat Bolalar diagnostika markazi tashkil etiladi.

19:52 06 Yanvar 2023
Oʻzbekiston armiyasi dunyodagi eng kuchli armiyalar reytingida 62-oʻrinni egalladi

Global Firepowerʻning 2023-yilgi dunyodagi eng kuchli armiyalar reytingida Oʻzbekiston 145 ta davlat orasida 62-oʻrinni egalladi.

19:48 06 Yanvar 2023
Taʼtil kunlarida maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari uchun haq toʻlanmaydi — Maktabgacha taʼlim agentligi

Taʼtil eʼlon qilingunga qadar bogʻcha toʻlovi amalga oshirilgan boʻlsa, keyingi toʻlovlarni amalga oshirish jarayonida taʼtil kunlari uchun toʻlangan badal summasi hisobga olinadi.

19:41 06 Yanvar 2023
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining milliy OAVlardagi mediafaolligi boʻyicha reytingi tuzildi

2022-yilning 31-dekabr holatiga koʻra tuzilgan mazkur reyting Oʻzbekistonda yetakchi hisoblangan 50 ta OAVda eʼlon qilingan davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning tahliliga asoslanadi. 

19:38 06 Yanvar 2023
Toshloq tumanidagi ikki olis qishloqni obodonlashtirish uchun qariyb 19 milliard soʻm sarflandi

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan hayotga izchil tatbiq etilayotgan “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari, ayniqsa, olis va chekka hududlarda yashayotgan hamyurtlarimiz turmush farovonligini oshirishda muhim omil boʻlmoqda.

19:22 06 Yanvar 2023
Norinlik tadbirkor buzilgan doʻkon binosi uchun oʻn yil deganda kompensatsiya pulini oldi

Namangan viloyati Norin tumani Haqqulobod shaharchasida yashovchi Ravshan Yakubovning savdo doʻkoni bundan oʻn yil avval tuman markazini qayta qurish dasturi ijrosi chogʻida buzib tashlangan edi.

19:14 06 Yanvar 2023
Fargʻonada «Dok-1 Maks» dori vositasining nojoʻya taʼsiridan davolanayotganlar bormi?

Shu kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda Fargʻona viloyatida ham Hindistonda ishlab chiqarilgan «Dok-1 Maks» dori vositasi taʼsirida bolalar hayotdan bevaqt koʻz yumgani haqidagi xabarlar tarqalmoqda.

19:08 06 Yanvar 2023
Surxondaryoda 318 gektardan ziyod yer maydonlari oʻzboshimchalik bilan egallangani aniqlandi

Kadastr agentligi Surxondaryo viloyat boshqarmasi tomonidan oʻtgan yili olib borilgan nazorat tadbirlarida jami 938 ta holatda 318,3 gektar yer maydonlari oʻzboshimchalik bilan egallangani aniqlandi.

19:04 06 Yanvar 2023
Askarlar va ularning ota-onalari uchun telemuloqot uyushtirildi

Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Surxondaryo va Jizzax viloyati hokimliklari hamkorligida Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrugining Hayraobod, Markaziy harbiy okrugining Jizzax garnizonlarida muddatli harbiy xizmatni oʻtayotgan askarlar hamda ularning ota-onalari, yaqinlari uchun telemuloqot tashkil etildi.

18:56 06 Yanvar 2023
Seulda Toshkent tibbiyot akademiyasining vakolatxonasi ochildi

Tadbirda qatnashchilarga akademiya faoliyati va uning imkoniyatlari toʻgʻrisida batafsil maʼlumot berildi.

18:52 06 Yanvar 2023
Surxondaryo bojxona omborida salkam 100 ming quti «Dok-1 Maks» dorisi saqlanmoqda

Hindistonning “Marion Biotech Pvt. Ltd” kompaniyasiga tegishli «Dok-1 Maks» tabletka va sirop dori vositasi mamlakatimizda 2012-yildan roʻyxatga olinib, shu yildan Oʻzbekiston bozoriga savdoga chiqarilgan. Yurtimizga ushbu preparat “Quramax Medical” MCHJ tomonidan import qilingan.

18:45 06 Yanvar 2023
Tovarlarni bojxona tranziti rejimiga joylashtirish tartiblari belgilandi

Shuningdek, tranzit deklaratsiyasi bojxona hududiga kirib kelayotgan tovarlar va transport vositalari bojxona chegarasini kesib oʻtguniga qadar yoki kesib oʻtish vaqtida beriladi.

17:31 06 Yanvar 2023
Uzaytirilgan qishki taʼtil kunlari maktablarda oʻquvchilar ishtirokida toʻgaraklar tashkil etilmaydi — Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

Vazirlik tasarrufidagi respublika tashkilotlari — Bolalar kutubxonasi, “Barkamol avlod” bolalar maktabi tomonidan barcha loyihalar onlayn tarzda tashkil etilmoqda.

16:26 06 Yanvar 2023

Yangiliklar taqvimi

Кластер