NATO va Yevropa Ittifoqi oʻrtasida hamkorlik toʻgʻrisidagi qoʻshma deklaratsiya imzolanadi
Illyustrativ foto
Joriy yilning 10-yanvar kuni Yevropa Ittifoqi bilan hamkorlik toʻgʻrisidagi uchinchi qoʻshma deklaratsiya imzolanadi.
NATO bosh kotibi Yyens Stoltenberg, Yevropa kengashi prezidenti Sharl Mishel va Yevropa komissiyasi prezidenti Ursula fon der Lyayen hamkorlik toʻgʻrisidagi uchinchi qoʻshma deklaratsiyani imzolaydi. Bu haqda Shimoliy Atlantika alyansi saytidagi press-relizda maʼlum qilindi.
Uchrashuv 10-yanvar kuni Bryusseldagi NATO qarorgohida boʻlib oʻtishi kutilmoqda. Imzolash mahalliy vaqt bilan ertalab soat 11:00da boʻlib oʻtadi. Shundan soʻng qoʻshma matbuot anjumani oʻtkaziladi.
2022-yil sentyabrda Stoltenberg xavfsizlik va barqarorlikka hissa qoʻshadigan yangi Yevropa Ittifoqi — NATO deklaratsiyasini imzolash vaqti kelganini aytgan edi. Qoʻshma deklaratsiya 2021-yilda imzolanishi kerak edi. Ammo bu nomaʼlum sabablarga koʻra amalga oshmay qolgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring