Sanoat zonalarida boʻsh turgan 6,6 ming gektar maydonning elektr, suv, yoʻl va boshqa infratuzilma masalalari hal qilib beriladi
Foto: president.uz
Prezident raisligida sanoat zonalari va yirik investitsiya loyihalari bilan bogʻliq masalalarga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtmoqda. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.
Bugungi yigʻilishda qabul qilinadigan qarorlar bilan kerakli shart-sharoitlar yaratib berilishi taʼkidlandi.
Eng avvalo, sanoat zonalarida boʻsh turgan 6,6 ming gektar maydonning elektr, suv, yoʻl va boshqa infratuzilma masalalari hal qilib beriladi.
Prezident topshirigʻiga asosan maxsus ishchi guruh sanoat zonalarining infratuzilmasini xatlovdan oʻtkazdi va tumanma-tuman loyihalar roʻyxatini shakllantirdi.
Shu munosabat bilan mutasaddilar, viloyat hokimlariga:
— bir oy muddatda 40 ta sanoat zonasidagi 120 kilometr yoʻl boʻyicha pudratchilarni aniqlab, qurilish ishlarini boshlash;
— 1-oktyabrga qadar 246 ta sanoat zonasini elektr tarmogʻi, transformator va podstansiyalar bilan taʼminlash;
— joriy yilda 200 ta sanoat zonasida 555 kilometr suv tarmogʻi va 110 ta suv inshootini qurib yakunlash topshirildi.
Umuman, sanoat zonalari infratuzilmasini yaxshilash uchun joriy yilda 1,5 trillion soʻm yoki 2021-yilga nisbatan 2 baravar koʻp mablagʻ ajratilishi belgilandi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring