Byudjet buyurtmachilari 141 mlrd soʻmlik 458ta tanlovda xarid qonunchiligiga amal qilmagan. Eng koʻp qonunbuzilish — Andijonda
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi axborot xizmati rahbari Durdona Ochilova ishtirokida oʻtkazilgan brifingda davlat xaridlari sohasida oʻtkazilgan oʻrganishlar natijalari eʼlon qilindi.
Agentlik tomonidan joriy yilning iyun-iyul oylarida oʻtkazilgan monitoring tadbirlarida Respublika boʻyicha byudjet buyurtmachilari tomonidan qiymati 141 mlrd. soʻmlik 458 ta tanlovda “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi va “Raqobat toʻgʻrisida”gi Qonunlarning talablari buzilishiga yoʻl qoʻyilganligi aniqlandi.
- Andijon viloyatida 34,4 mlrd. soʻmlik (104 ta);
- Toshkent shahrida 19,5 mlrd. soʻmlik (51 ta);
- Toshkent viloyatida 13,9 mlrd. soʻmlik (50 ta);
- Surxondaryo viloyatida 13,8 mlrd. soʻmlik (43 ta);
- Samarqand viloyatida 12,8 mlrd soʻmlik (50 ta);
- Qashqadaryo viloyatida 12,5 mlrd. soʻmlik (41 ta);
- Jizzax viloyatida 8,3 mlrd. soʻmlik (20 ta);
- Buxoro viloyatida 7,3 mlrd. soʻmlik (33 ta);
- Xorazm viloyatida 5,3 mlrd. soʻmlik (18 ta);
- Navoiy viloyatida 5,2 mlrd. soʻmlik (16 ta);
- Qoraqalpogʻiston Respublikasida 3,4 mlrd. soʻmlik (11 ta);
- Namangan viloyatida 2,6 mlrd. soʻmlik (11 ta)
- Fargʻona viloyatida 2,0 mlrd. soʻmlik (10 ta) tanlovlar boʻyicha davlat xaridlariga oid qonunchilik talablari buzilganligi maʼlum boʻldi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring