Buyurtmachisi aniqlanmagan va taqsimlanmagan mablagʻlarni buyurtmachilarga taqsimlash tartibi belgilandi

09:52 16 Mart 2026 Hujjatlar
226 0

Adliya vazirligi Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida buyurtmachisi aniqlanmagan va taqsimlanmagan mablagʻlarni buyurtmachilarga taqsimlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni (roʻyxat raqami: 3786, 13.03.2026-y.) davlat roʻyxatidan oʻtkazdi.

Ushbu Nizom Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi (Davlat dasturi) doirasida buyurtmachisi aniqlanmagan va taqsimlanmagan mablagʻlarni obyektlar (loyihalar) hamda buyurtmachilar kesimida taqsimlash tartibini belgilaydi.

Vazirlik va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari Davlat dasturi doirasida taqsimlanmagan mablagʻlardan foydalanish boʻyicha takliflarini Iqtisodiyot va moliya vazirligiga elektron shaklda taqdim etadi.

Bunda, ushbu Nizomning ilovasida maqsadli yoʻnalishlar va ular boʻyicha takliflarni taqdim etish muddatlari qayd etilgan.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi 1 oy ichida takliflarni oʻrganadi hamda Davlat dasturi boʻyicha manzilli roʻyxatni shakllantiradi.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi har chorakda kamida 1 marotaba manzilli roʻyxatni Hukumatga tasdiqlash uchun taqdim etadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер