Buyuk Britaniyaning Moskvadagi elchixonasiga noqonuniy kirishga uringan Oʻzbekiston fuqarosi qoʻlga olingan — OAV
Foto: TASS
Rossiya huquq-tartibot idoralari Buyuk Britaniyaning Moskvadagi elchixonasi hududiga kirmoqchi boʻlgan chet el fuqarosini qoʻlga oldi. Bu haqda “REN TV” telekanali xabar bermoqda.
Telekanal maʼlumotiga koʻra, erkak hujjatlarini panjara ortidan otib, yangi mamlakatga koʻchib oʻtishi uchun yordam berishlarini soʻrab, baqirgan.
Jinoyatchi politsiya boʻlimiga olib ketilgan. Maʼlum boʻlishicha, u Oʻzbekiston fuqarosi boʻlgan. Hozirda hodisaning barcha tafsilotlari oʻrganilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring