Buyuk Britaniyada yuqori harorat tufayli maktablar yopildi va ommaviy tadbirlar bekor qilindi
Foto: Reuters
Buyuk Britaniya aholisi mamlakatning bir qancha hududlarida gʻayritabiiy issiqlikka hozirlik koʻrmoqda, deb xabar bermoqda mahalliy OAV.
Dushanba kuni mamlakatda yuqori harorat 39 darajagacha isishi, hafta oxirida havo harorati Selsiy boʻyicha 40 darajaga yetishi kutilmoqda.
Kuzatishlar tarixida birinchi marta Buyuk Britaniyadagi jazirama tufayli xavfning eng yuqori darajasi — qizil rang eʼlon qilindi.
Aholini imkon qadar uyda qolishga va shaxsiy transportda ham, poyezdda ham sayohat qilmaslikka chaqirildi. Seshanba kuni baʼzi temir yoʻllar yopiladi, xususan, Kings-Kross stansiyasidan York va Lidsgacha.
Buyuk Britaniyadagi bir qator shifoxonalar oldindan belgilangan muolajalar uchun qabullarni bekor qilidi. Chunki yuqori harorat bemorlarga ham, tibbiyot xodimlariga ham xavfli boʻlishi mumkin.
Issiq ufayli mamlakatning ayrim hududlarida, xususan, Nottingemshir va Xempshir grafliklarida maktablar yopilgan. Bundan tashqari, turli ommaviy tadbirlar bekor qilindi.
Bu haftada yuqori issiq harorat nafaqat Buyuk Britaniyada, balki Fransiyada ham kuzatilishini bashorat qilishmoqda.
Oldinroq, yuqori darajadagi issiq harorat tufayli Yevropaning bir qator davlatlarida oʻrmon yongʻinlari kuzatilgani, Ispaniyada esa mingdan ortiq inson hayotdan koʻz yumgani haqida xabar bergan edik.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring