Buyuk Britaniyada aniqlangan koronavirusning xavfli shtammi Osiyoga ham yetib keldi
Buyuk Britaniyada aniqlangan koronavirus yangi shtammi Yaponiyada ham qayd etilgan.
Bu haqda “NHK” telekanali mamlakat sogʻliqni saqlash vaziri Norixisa Tamuraga tayanib xabar bermoqda. Ushbu shtamm Buyuk Britaniyadan kelgan besh nafar Yaponiya fuqarosida tasdiqlangan. Ular ayni paytda karantinga olingan.
Oldinroq koronavirusning yangi mutatsiyasi Germaniyada ham aniqlangani maʼlum qilingan edi. Bu yerda ham virus Buyuk Britaniyadan kelgan ayolda qayd etilgan. Keyinroq Shveysariyada ham shunday holat tasdiqlandi. Bungacha ushbu mutatsiya bilan zararlanganlar Gollandiya, Daniya, Avstraliya va Italiya kabi davlatlarda ham roʻyxatga olingani maʼlum boʻlgan edi.
Koronavirusning ushbu xavfli mutatsiyasi Buyuk Britaniyada ilk bor sentyabrda aniqlangan. Ammo dekabr oyiga kelib u bilan zararlanish keskin osha boshlagan. Buyuk Britaniya bosh vaziri ushbu shtamm oldin maʼlum boʻlganlarga qaraganda 70 foiz yuqumli ekani aytib oʻtdi.
Epidemiologik vaziyatni yomonlashgani bois qirqqa yaqin, shu jumladan, Oʻzbekiston ham Buyuk Britaniya avia aloqalarni toʻxtatdi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring