Buyuk Britaniya qiroli Karl III yana saraton kasalligidan aziyat chekmoqda. Uning ahvoli qanday?
Foto: Reuters
Buyuk Britaniya qiroli Karl III saraton kasalligi tufayli yana kasalxonaga yotqizildi va u ishtirok etishi kerak boʻlgan barcha tadbirlarni bekor qilindi. Aniq nima sodir boʻlganligi haqida xabar berilmagan. Bukingem saroyining rasmiy bayonotida faqat davolanish paytida yuzaga kelgan baʼzi nojoʻya taʼsirlar qayd etilgan.
Qirolda qanday oʻsimta topilgani hozircha nomaʼlum. Yaqinda u ishga qaytishga vaʼda bergandi. Maʼlumki, saraton kasalligi tufayli u taʼmni farqlash qobiliyatini yoʻqotgan. Bundan tashqari, shifokorlar unga qizil goʻshtni isteʼmol qilishni taqiqlagan.
Ommaviy axborot vositalari xabarlariga koʻra, Karl III 2024-yilning 17-yanvaridan beri saraton kasalligidan davolanmoqda.
2024-yilning 26-yanvar kuni Karl III prostata kattalashgani sababli kasalxonaga yotqizilib, 29-yanvargacha muolaja olgandi chiqdi.
2024-yilning 5-fevralida yana kasalxonaga yotqizilgan qirolga xavfli oʻsma tashxisi qoʻyilgan. Bukingem saroyi qirol ambulator sifatida davolanishini eʼlon qildi. Ayni shu kuni oʻsha paytdagi Buyuk Britaniya bosh vaziri Rishi Sunak Karl IIIda saraton kasalligi erta bosqichda aniqlanganini maʼlum qildi.
2024-yilning 10-fevral kuni qirol xalqqa murojaat qilib, “koʻplab qoʻllab-quvvatlash xabarlari va yaxshi tilaklar” uchun minnatdorchilik bildirdi.
2024-yilning 26-aprel kuni qirol ishga qaytishi va ommaviy tadbirlarda ishtirok etishi rasman eʼlon qilindi.
2024-yilning 30-aprelida u kasalxonaga yotqizilganidan keyin birinchi marta omma oldida chiqish qildi. U rafiqasi bilan Londondagi tibbiyot markaziga tashrif buyurib, shifokorlar va bemorlar bilan suhbatlashdi.
2024-yilning 13-may kuni kimyoterapiya tufayli Karl III taʼmni his qilish va farqlash qobiliyatini yoʻqotgani maʼlum boʻldi. Buni u Xempshirdagi Armiya havo korpusi muzeyida faxriy bilan suhbat chogʻida tan oldi.
2024-yilning 28-noyabr kuni kasallik tufayli qirol parhezga oʻtishi va qizil goʻsht isteʼmolini cheklashi kerakligi maʼlum boʻldi. Bu haqda Buyuk Britaniya qirolichasi Kamillaning oʻgʻli Tom Parker-Boulz xabar berdi.
2024-yilning 20-dekabr kuni Bukingem saroyi qirol Karl III saraton kasalligini davolashni 2025-yilgacha davom ettirishini rasman eʼlon qildi.
Joriy yilning 27-mart kuni qirol kutilmaganda saratonni davolashning nojoʻya taʼsiri tufayli kasalxonaga yotqizilgani maʼlum boʻldi. Shu bois yaqin kunlar uchun rejalashtirilgan barcha tadbirlar qoldirildi. 28-martda u kasalxonadan chiqdi va Londondagi qarorgohiga qaytdi. Mashinada oʻtib ketayotib, qirol jilmayib, yigʻilganlarga qoʻl siltadi.
Qirolning koʻplab qarindoshlari saraton kasalligidan aziyat chekkan. Xususan, qirolicha Viktoriyaning ikki farzandida xavfli oʻsmalar topilgan. Uning toʻngʻich oʻgʻli, qirol Edvard VII ning burnidan bazal hujayrali karsinoma (teri saratonining bir turi) olib tashlandi. Shundan keyin u yana uch yil yashagan. Uning singlisi malika Viktoriya koʻkrak saratoni bilan kasallangan.
Saraton kasalligi qirolicha Yelizaveta IIning otasi va Karl IIIning bobosi Jorj VI foydasiga taxtdan voz kechgan qirol Edvard VIIIda ham aniqlangan. 1971-yilda unga tomoq saratoni tashxisi qoʻyilgan.
Karl III ning bobosi qirol Jorj VI ham qattiq chekuvchi edi. 1951-yilda unga oʻpka saratoni tashxisi qoʻyilgan. 1951-yilning sentyabr oyida uning chap oʻpkasidagi xavfli oʻsma olib tashlandi, ammo bu kasallikning rivojlanishini bir necha oyga kechiktirdi. U 1952-yil 6-fevralda vafot etadi. Jorj VIning rafiqasi va Karl IIIning buvisi, qirolicha Yelizaveta onasida ham bir nechta xavfli oʻsmalar aniqlangan. 1966-yilda uning yoʻgʻon ichagidagi, 1984-yilda esa koʻkrakdagi xavfli oʻsma olib tashlanadi. Shunga qaramay, u 101-yil yashagan.
Qirol Karl III hozir 77 yoshda. U Buyuk Britaniya taxtiga 2022-yilda onasi qirolicha Yelizaveta II vafotidan keyin oʻtirgandi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring