Butunjahon jamiyati “Tashkent Book Fest” Toshkent xalqaro kitob yarmarkasida ishtirok etdi
“Tashkent Book Fest” Toshkent xalqaro kitob yarmarkasida Oʻzbekiston madaniy merosini oʻrganish, asrash va ommalashtirish Butunjahon jamiyati oʻz kitoblarini taqdim etdi. Butunjahon jamiyati stendi koʻrgazmaning eng katta, yorqin va mehmonlar eng koʻp tashrif buyurgan stendlardan biriga aylandi.
Stendda “Oʻzbekiston madaniy merosi jahon toʻplamlarida”, “Oʻzbekiston meʼmoriy epigrafiyasi” turkumidagi kitoblar, shuningdek, qadimiy qoʻlyozmalarning faksimile nashrlari hamda “Bekzod”, “Rishton kulolchiligi” kitoblari va tasviriy sovgʻa nashrlari taqdim etildi.
Xalqaro kitob yarmarkasi mehmonlari stend va taqdim etilgan kitoblar hamda yarmarka haqida oʻz taassurotlari bilan oʻrtoqlashdilar.
Sirojiddin Saidov, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi:
— Yoshlar tarbiyasida kitobning oʻrni va rolini juda katta. Kitob oʻqigan odamning dunyoqarashi keng boʻladi, Vatanni jon-jahdi bilan sevishni oʻrganadi. Yurtboshimiz, muhtaram Shavkat Miromonovich Mirziyoyev kitobsiz yurtning kelajagi yoʻqligini alohida taʼkidlaganlar. Biz, Oʻzbekiston adiblari esa davlatimiz rahbarini har tomonlama qoʻllab-quvvatlaymiz. Darhaqiqat, kitob yoshlar tarbiyasida ajralmas oʻrin tutadi.
Alisher Qodirov, Oʻzbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi fraksiyasi rahbari:
— Men shunchaki hayratdaman! Bu yangi tuygʻu emas — “Oʻzbekiston madaniy merosi jahon toʻplamlarida” turkumidagi kitoblar bilan tanishman. Ammo hozir hamma nashrlarni shunday hajmda, shunchalik miqdorda koʻrib, men hayratlandim. Madaniyatimizga, tariximizga, ajdodlarimizga shu darajada yuksak ehtirom bilan munosabatda boʻlishni hurmat va eʼzozga loyiq. Biz ushbu loyihani qoʻllab-quvvatlashga va madaniy merosimizni birgalikda asrashga doim tayyormiz.
Yevgeniy Sklyarevskiy, blogger, “Toshkent haqida maktublar” sayti muallifi:
— Stend juda kuchli va boshqalardan sezilarli darajada farq qiladi. Bu koʻk kitoblar juda taniqli va tanish, menda birinchi 10 ta jild bor va men ularni katta zavq bilan oʻqib-oʻrganaman. Shuningdek, bezak ishqibozi sifatida “Oʻzbekiston arxitektura epigrafiyasi” turkumini koʻrganimdan mamnunman. Ushbu kitoblarda men juda koʻp yangi va qiziqarli narsalarni kashf qildim.
Boris Babayev, jurnalist, kultura.uz sayti muharriri:
— Ushbu stendga yaqinlashish — chinakam zavq. Men “Oʻzbekiston madaniy merosi dunyo toʻplamlarida” loyihasining ishi va rivojlanishini uzoq vaqtdan beri kuzatib boraman va tobora koʻproq hayratlanaman — bu yerda juda koʻp qiziqarli narsalar bor! Kitoblar bir-biridan qimmatli. Bu juda ulkan va shavkatli ish!
Biz yaqinda Oʻzbekistonning madaniy merosi haqidagi filmni suratga oldik va u yerda bu ajoyib loyiha haqida alohida gapirganmiz.
Aleksandra Degraf, dizayner, AQSH:
— Qoyil qolarli darajada ajoyib nashrlar! Koʻrinib turibdiki, ular mehr bilan, professionallar tomonidan va professionallar uchun yaratilgan. Dizayner sifatida bunday kitoblar men uchun juda muhim va qiziqarlidir. Ulardan Oʻzbekiston madaniyati va sanʼati, xususan toʻqimachiligi haqida kerakli maʼlumotlar olishim, milliy naqsh va bezaklar bilan tanishishim mumkin. Va bu nashrlarning chiroyliligi qanchalar ilhom baxsh etadi!
Taʼkidlash joizki, “Tashkent Book Fest” kitob koʻrgazmasi 4-noyabrga qadar davom etadi. “Oʻzbekiston madaniy merosi jahon toʻplamlarida” loyihasi Yangi Oʻzbekistonning tashrif qogʻoziga aylangan. Mamlakat Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekiston madaniy merosini asrab-avaylash va ommalashtirishni davlat siyosati darajasigacha koʻtardi.
“Oʻzbekiston madaniy merosi jahon toʻplamlarida” loyihasi, jamoat, davlat va xalqaro tashkilotlar, shuningdek, ijtimoiy masʼuliyatli biznesni birlashtirib, Oʻzbekiston madaniy merosini saqlash, asrash va ommalashtirish toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkata Mirziyoyevning tashabbuslari amalga oshirilishining yorqin namunasidir.
Bugungi kunda loyiha dunyoning 40 ta davlatidan 400 ta olimlarni birlashtirgan. Loyiha doirasida, bugungi kunga qadar, “Oʻzbekiston madaniy merosi jahon toʻplamlarida” turkumining 50 jildli kitob-albomi, 14 jildlik “Oʻzbekiston meʼmoriy epigrafiyasi” turkumi, shuningdek, bir qator sovgʻaga moʻljallangan rangtasvirli kitoblari nashr ettirilgan.
“Eriell Group” xalqaro neft-servis kompaniyasi loyihaning bosh hamkori va homiysidir.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring