“Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
“Bunyodkor” asosiy jamoasi murabbiyi Sergey Arslanov 61 yoshida vafot etdi. Bu haqida klub matbuot xizmati xabar berdi.
“Sergey Arslonovning vafoti munosabati bilan marhumning oila aʼzolariga va barcha yaqinlariga chuqur taʼziya, hamdardlik bildiramiz”, deyiladi xabarda.
Maʼlumot uchun, Sergey Arslanov 1964-yil tugʻilgan. Futbolchilik faoliyati davomida “Paxtakor”, “SKA Xabarovski”, “Pamir”, “Kuban”, “Navbahor”, “Qizilqum” jamoalarida oʻynagan.
Murabbiy sifatida “Qizilqum”, “Dinamo”, “Dordoy” klublari bilan birga Oʻzbekiston U-20 terma jamoasida ham ishlagan. Arslanovning soʻnggi ish joyi “Bunyodkor” klubi boʻldi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring