Bulungʻurda tibbiy buyumlar ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyiladi

10:52 10 Iyul 2020 Iqtisodiyot
906 0

Tuman hokimligi axborot xizmati bergan maʼlumotga koʻra, bu borada bir qator loyihalar ishlab chiqilgan.

Xususan, «Medikal najot» masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan xususiy tibbiy xizmat koʻrsatishni yoʻlga qoʻyish maqsadida 4 qavatli bino qurilgan. Bu yerga Janubiy Koreyadan keltiriladigan 400 ming dollarlik zamonaviy laboratoriya, diagnostika, kompyuter tomografiya uskunalari oʻrnatiladi.

Tibbiy markazda 50 ta yangi ish oʻrni yaratiladi. Umumiy quvvati 60 oʻringa moʻljallangan xususiy shifoxonada oddiy va lyuks xonalar tashkil etiladi.

Qayd etilishicha, tumanda yetishmaydigan mutaxassislar Samarqand shahridan shartnoma asosida jalb etiladi. Markazda shuningdek, xorijda tajriba orttirgan kardiolog, neyroxirurg singari yuqori malakali shifokorlar ish olib boradi.

Shuningdek, «Bulungʻur medservis» oilaviy korxonasida mebel va shifoxona jihozlari tayyorlanyapti. Yangi loyihaga koʻra, bu yerda bel churrasidan keyin taqib yuriladigan uskuna ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyiladi.

Abdulaziz Yoʻldoshev,
“Xalq soʻzi”

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер