Bulungʻurda avariya: “Lasetti” agʻdarilib ketishi natijasida yoʻlovchi qurbon boʻldi

09:52 28 May 2020 Jamiyat
1592 0

Foto: yhxbb_uz

Joriy yilning 27-may kuni soat 01:30 larda, Samarqand viloyati, Bulungʻur tumani, “Ulugʻbek” mahallasi hududidan oʻtuvchi M-39 avtomobil yoʻlining 1058 km.da haydovchi, 1980-y.t. X.T. (erkak) “Lasetti” rusumli transport vositasi tezligini meʼyoridan oshirgan holda “Samarqand-Toshkent” yoʻnalishi boʻylab boshqarayotib, oʻzi bilan bir yoʻnalishda oldinda harakatlanib ketayotgan haydovchi, 1984-y.t. M.T. (erkak) boshqaruvidagi “Damas” rusumli transport vositasiga yaqinlashib, orqa oʻng yon tomonidan urib, YTH sodir etishi oqibatida “Lasetti” avtomobili agʻdarilgan.

Natijada, “Lasetti” rusumli transport vositasi yoʻlovchisi 1984-y.t. X.K. (erkak) ogʻir tan jarohati olib shifoxonada vafot etgan.

Mazkur YTH yuzasidan Bulungʻur tumani IIB huzuridagi Tergov boʻlimi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер