Buloqboshiliklar bugungi kunidan rozi
Saminjon HUSANOV/“Xalq soʻzi”. Respublikamizda hududlar infratuzilmasini shakllantirish orqali aholi turmush sharoitini yaxshilashga eʼtibor har doimgidan ortdi. Natijada mavjud muammolar ijobiy yechim topib, xalqimizning xalqimizning turmush farovonligi yanada yuksalmoqda.

Joriy yilning oʻzida Buloqboshi tumanidagi Buyuk Turon mahallasining 6 ta koʻchasi toʻliq asfaltlandi.
— Mahallamizda 20 kilometrdan iborat ichki yoʻlimiz mavjud boʻlib, shundan atigi 2 kilometr qismi asfaltlangan edi, — deydi mahalla raisi Mirzohid Aliqulov. — Yilning oʻtgan davrida 18 km yoʻlning asfaltlanishi natijasida mavzuga doir barcha masalalar yechildi. Shuningdek, tabiiy gaz, ichimlik suvi, aholini ish bilan taʼminlash, qoʻshimcha daromad manbaiga ega qilish borasida ham sezilarli oʻzgarishlar boʻldi.

Bu kabi saʼy-harakatlar tumandagi barcha mahallalarda davom etmoqda. Hozirgacha 2 ming 540 ta xonadonning elektr energiyasi bilan bogʻliq tashvishlari barham topdi. Buning uchun 14 ta mahallada xizmat koʻrsatish sifatini yaxshilash ishlari olib borildi. 16 ta mahalladagi ichki yoʻlni taʼmirlash orqali asfaltlash darajasi 47 foizdan 68 foizga yetkazildi. 58,7 km masofaga suv quvuri tortilib, 14 ta yangi quduqning ishga tushirilishi tufayli hududning ichimlik suvi bilan taʼminlanish darajasi 95 foizga yetdi. Bir soʻz bilan aytganda, Buloqboshi tumanida yashovchi zamondoshlarimiz bugungi kunidan minnatdor kayfiyatda yashamoqdalar.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring