Bular kresloni oʻzlariga nikohlab olgan — Toshkent viloyati hokimi
Toshkent viloyati hokimi Zoir Mirzayev tibbiyot xodimlari bilan oʻtkazilgan uchrashuvda Toshkent viloyatining 10 ta tuman va shahar bosh vrachini ishdan boʻshatishga topshiriq berdi.
Hokimning soʻzlariga koʻra, bu xodimlar mahalliy dori ishlab chiqaruvchilar bilan shartnoma imzolamagan va shu bilan prezident topshirigʻini bajarmay kelmoqda.
— Moliya boshqarmasi, ertaga guruh tuzib, bular kim bilan shartnoma qilgan, necha soʻmdan dori olyapti, qanday import dori xarid qilyaptiyu oʻzimizniki yoqmaydi bularga, nimaga bularning fikri buzuq, baho berasiz? Men sizga prokuraturadan ham, departamentdan ham, soliqdan ham odam qoʻshib beraman. Offshor firmalardan, obnal firmalardan dori olayotganlaring toʻgʻrisida bilmaydi deb oʻylaysizlarmi?, — degan hokim Zoir Mirzayev.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring