Buxoroga 20 ta yangi avtobus olib kelindi

16:52 30 Noyabr 2023 Jamiyat
293 0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-fevraldagi “Jamoat transporti tizimini isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-59-sonli Qarorida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash boʻyicha zarur choralar koʻrilmoqda.

Xususan, viloyatda yoʻlovchi tashish faoliyati bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlik subyektlari tomonidan harakat tarkibini yangilagan holda yoʻlovchilarga qulay va xavfsiz xizmat koʻrsatishni tashkil etish masalasiga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Ayni shu maqsadda “Progress mega trans” MCHJ tomonidan Xitoyning “Zhongtong Bus” kompaniyasida ishlab chiqarilgan 20 dona avtobus sotib olindi. Ushbu avtobuslar Buxoro shahar jamoat transportining yangi yoʻnalishlar tarmogʻida tasarruf etilishi rejalashtirilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер