Buxorodagi yangi qurilayotgan uylarning birida portlash roʻy berdi
FVV matbuot xizmati xabariga koʻra, 4-fevral kuni Buxoro shahri Islom Karimov koʻchasida yangi qurilayotgan 8 qavatli turar joy binosining 3 qavatida gaz portlashi sodir boʻlgan.
Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, gaz portlashi oqibatida 3 kishi turli darajadagi tan jarohatlari olgan. Vafot etganlar toʻgʻrisida hozircha xabar boʻlmagan.
Hozirda portlash joyida FVV hududiy boshqarmasi qutqaruvchilari ishlamoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring