Buxorodagi xususiy klinikada tibbiy muolaja olgan 11 yoshli bola vafot etdi
Ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro shahridagi xususiy LOR klinikasida 11 yoshli bolakay “proba”siz ukol qilinishi oqibatida vafot etgani haqidagi xabarlar keng tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining matbuot kotibi Xayot Shamsutdinov munosabat bildirdi.
Unda aytilishicha, Buxoro shahrida joylashgan xususiy klinikada tibbiy muolaja olgan 11 yoshli bola vafot etganligi holati yuzasidan hozirda tergovga qadar tekshirish harakatlari boshlab yuborilgan.
Shuningdek, marhumning oʻlim sababini aniqlash maqsadida sudga oid tibbiyot ekspertizasi hamda masʼul shaxslarning xatti-harakatlari boʻyicha xizmat tekshiruvi tayinlangan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring