Buxorodagi bogʻchada bolalarni kaltaklagan tarbiyachi ishdan olindi
Videodan kadr
Ijtimoiy tarmoqlarda maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyachisining bolalar bilan qoʻpol munosabatda boʻlib, ulardan birini kaltaklagani aks etgan video tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Buxoro viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, videodagi holat MMTVning Buxoro viloyati boʻyicha boshqarmasi tomonidan tezkor oʻrganib chiqilgan. Oʻrganish jarayonida voqea joriy yilning 27-may kuni Gʻijduvon tumanidagi 53-davlat maktabgacha taʼlim tashkilotida yuz bergani aniqlangan.
Shundan soʻng oʻz lavozim majburiyatlarini qoʻpol ravishda buzgan M.A. ismli tarbiyachi bilan tuzilgan mehnat shartnomasi tashkilot direktorining 30-iyundagi buyrugʻi asosida bekor qilingan.
“Ayni paytda maktabgacha taʼlim tashkilotida bunday holatni yuzaga keltirgan sabablar batafsil oʻrganilib, bu borada mavjud kamchiliklarni bartaraf etish choralari koʻrilmoqda”, deyiladi xabarda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring