Buxorodagi avtoturargohda 3 ta mashina yonib ketdi
Buxoro shahridagi avtoturargohda 3 ta mashina yonib ketdi. Bu haqda viloyat FVB xabar berdi.
Qayd etilishicha, bugun soat 11:45 da Buxoro shahri “Fitrat” MFY Mirakon koʻchasida joylashgan avtoturargohda yongʻin boʻlayotganligi toʻgʻrisida viloyat FVBga xabar kelib tushgan.
Voqea joyida 3 yongʻin qutqaruv ekipajlari jalb qilingan, ular manzilga soat 11:50 da yetib borib, 12:02 da alangani batamom oʻchirgan. Hodisa oqibatida “Lacetti”, “Captiva” va “Nexia-2” rusumli avtomobillari qisman yongan.
“Yongʻin oqibatida fuqarolarning kuyish tan jarohati olish holatlari qayd etilmadi”, deyiladi xabarda.
Hozirda yongʻinning kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumanida chiqindi tashuvchi maxsus yuk avtomobili yonib ketgani haqida xabar berilgan edi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring