Buxoroda zilzila sodir boʻldi
Buxoro viloyati Gʻijduvon tumanida 4,4 magnitudali yer silkinishi qayd etildi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar qildi.
Qayd etilishicha, Oʻzbekiston hududida mahalliy vaqt bilan 2-avgust kuni soat 10:39 da (Grinvich boʻyicha 05:39 da) zilzila sodir boʻldi. Yer silkinishi epitsentri Buxoro viloyati Gʻijduvon tumanida joylashgan. Zilzilaning koordinatalari esa 40,42 gradus shimoliy kenglik, 65,19 gradus sharqiy uzunlikda ekani keltirilgan.
Manbaga koʻra, yer qimirlashi 10 km chuqurlikda yuzaga kelgan, uning magnitudasi 4,4 ga teng. Zilzila epitsentri Toshkentdan 351 km janubiy-gʻarbda joylashgan.
Oʻzbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi:
Navbahor tumanida 2-3 ball, 28 km;
Gʻijduvon tumanida 2 ball, 35 km;
Navoiy shahrida 2 ball, 39 km;
Karmana tumanida 2 ball, 44 km.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring