Buxoroda yuz bergan chaqnash oqibatida bir kishi halok boʻldi, yana bir kishi tan jarohati oldi
Foto: Podslushano v Buxare
Buxoro shahri Alpomish koʻchasida joylashgan 2-qavatli binoning 1-qavatidagi avtomobil ehtiyot qismlari doʻkonining yertoʻlasida gaz-havo aralashmasining chaqnashi sodir boʻldi.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabariga koʻra, Bugun, 1-mart kuni soat 08:57 larda Buxoro viloyati, Buxoro shahar, “Yoshlik” MFY, Alpomish koʻchasida joylashgan 2-qavatli binoning 1-qavatidagi avtomobil ehtiyot qismlari doʻkonining yertoʻlasida gaz-havo aralashmasining chaqnashi sodir boʻlgani taxmin ыilinmoqda.
Chaqnash oqibatida 1-qavatning 2 dona beton plitasi qulab tushgan. Chaqnash sababi va zarari aniqlanmoqda. Voqea joyida yongʻin sodir boʻlmagan.
Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, hodisa oqibatida 1 nafar fuqaro olgan tan jarohatlari bilan voqea joyida halok boʻlgan va yana 1 nafar fuqaro turli darajadagi tan jarohatlari bilan shifoxonaga yuborilgan.
Voqea joyiga viloyat va shahar FVB rahbariyati hamda yongʻin-qutqaruv ekipajlari, IIB, Prokuratura, “Hududgaztaʼminot” va SSB xodimlari chiqishgan.
Holat yuzasidan dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring