Buxoroda tibbiyot oliy oʻquv yurtlari talabalarining IV xalqaro olimpiadasi boʻlib oʻtdi

13:18 30 Yanvar 2024 Jamiyat
302 0

Buxoro davlat tibbiyot institutida oʻtkazilgan navbatdagi talabalar olimpiadasi “Abu Ali ibn Sino taʼlimotdan Uchinchi Rennesansgacha” deb nomlandi.

Unda Rossiya, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Belarus va mamlakatimizdagi davlat hamda nodavlat tibbiyot oliy oʻquv yurtlaridan 200 dan ortiq talaba anʼanaviy tarzda ishtirok etdi.

Yakuniy natijalarga koʻra, Buxoro davlat tibbiyot instituti va Asfandiyorov nomidagi Qozogʻiston Milliy tibbiyot universiteti jamoasi 1- oʻrin, Voronej davlat tibbiyot universiteti va Toshkent tibbiyot akademiyasi jamoasi 2-oʻrin, Tojikiston tibbiyot universiteti, Samarqand davlat tibbiyot universiteti va Qurolli Kuchlar harbiy tibbiyot akademiyasi talabalari esa faxrli uchinchi oʻrin sohibiga aylandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер