Buxoroda qaynona kelinini oʻldirdi
foto by: Google
Buxoroda oilaviy kelishmovchilik bir kishining oʻlimi bilan yakun topdi. Bu haqda viloyat prokuraturasi xabar bermoqda.
Maʼlum qilinishicha, 2020-yil 5-may kuni Kogon tumani “Geofizika” MFY Quruvchilar koʻchasida yashovchi fuqaro G.S kelini D.A bilan janjallashgan. Janjal natijasida D.A.ni boshini chap chakka va oʻng tepa sohalariga temir boʻlagi bilan bir necha marotaba urgan. Jabrlangan D.A.ni tuman tibbiyot birlashmasiga olib borguncha yoʻlda vafot etgan.
G.S Kogon shahar IIBga murojaat qilib, ushbu jinoyatni u sodir qilganligini bildirib, aybini tan olgan.
Mazkur holat yuzasidan shu kuni viloyat prokuraturasi tomonidan G.S.ga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, u JPKning 221-moddasi tartibida ushlangan.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari viloyat prokuraturasining oʻta ogʻir jinoyatlarni tergov qilish boʻlimi tomonidan olib borilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring