Buxoroda ota salkam 45 million soʻm alimentni oldindan birdaniga toʻladi

14:34 12 May 2020 Jamiyat
1903 0

Oilaviy ajrimlar oʻrtadagi bolalarning tirik yetim qolishiga olib keladi. Shu asnoda ularning moddiy taʼminoti masalasi ham yuzaga qalqib chiqadi. Toʻgʻri, sud ajrim vaqtida javobgar tomonga aliment undirish masʼuliyatini ham yuklaydi.

Ammo dunyoni suv bossa toʻpigʻiga ham chiqmaydigan ayrim alimentchi otalar bu majburiyatni “unutishadi”. Natijada pulni undirish bilan bogʻliq ishlarga joylardagi majburiy ijro byurolarining aralashuvi kerak boʻladi. Yaqinda ana shunday aralashuv kam uchraydigan holat bilan intiho topdi.

Gap fuqarolik ishlari boʻyicha Romitan tumanlararo sudining 2016-yil 4-noyabrdagi bir qarori haqida borayapti. Bu qarorga muvofiq, fuqaro Gʻayrat Amonov voyaga yetmagan bir nafar farzandi uchun aliment puli toʻlashi belgilangan.

— Bu fuqaroga xodimlarimiz har gal qonunchilik talablarini tushuntirishar, shundan soʻng u aliment toʻlardi, — deydi MIB Jondor tuman boʻlimi boshligʻi oʻrinbosari A. Yoʻldoshev.— Bu safargi muloqot esa yana-da samarali kechdi. Maslahatimizdan toʻgʻri xulosa chiqargan Gʻ. Amonov 2028-yilning 30-iyun kunigacha boʻlgan jami 44 million 801 ming soʻm miqdoridagi aliment pullarini oldindan toʻlab qoʻya qoldi.

Shu tariqa ota boʻynidagi sakkiz yillik qarzdan biratoʻla xalos boʻldi.

Istam IBROHIMOV,

“Xalq soʻzi”

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер