Buxoroda noqonuniy yer savdosining oldi olindi
Foto: Prokuratura Departameti
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Hazorasp tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqarolar O.I. va Q.K. bosh bir fuqaro I.ning ishonchiga kirib, unga Yangibozor qishlogʻi hududida tuman hokimligi zaxirasida boʻlgan 6 sotix yer uchastkasini oʻzlariga tegishli ekanligini, ushbu yer maydonini uy-joy qurish uchun sotishlarini aytib, kelishilgan 6 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shu kabi, Departamentning Buxoro viloyat boshqarmasi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro F.I. Buxoro tuman hokimligi zaxirasida boʻlgan «Rabotiqalmoq» MFY hududidagi 10 sotix yer maydonini firibgarlik yoʻli bilan boshqa bir fuqaro S.ga sotishga kelishib, tanishlari orqali ushbu yer maydoni uchun hujjatlarini rasmiylashtirib berishni vaʼda qilib, 4 900 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring