Buxoroda Navroʻz tantanalari “Teatr tomoshalari haftaligi”ga ulanib ketdi

14:35 24 Mart 2022 Jamiyat
676 0

Foto: “Xalq soʻzi”

Buxoroda xalqimizning ardoqli bayrami sanalgan Navroʻz tantanalari “Teatr tomoshalari haftaligi”ga ulanib ketdi. 21-27-mart kunlari oʻtkazilishi anʼanaga aylangan mazkur tadbirga Buxoro viloyat musiqali drama teatri jamoasi puxta hozirlik koʻrdi.

— Buxoro shahridagi Yoshlar markazida tashkil etilgan bayramda “Buxoro amirining chet ellik elchilarni qabul qilish marosimi” deb nomlangan teatrlashtirilgan sahna koʻrinishi bilan ishtirok etdik. Asar koʻpchilikning qiziqishiga sabab boʻldi, — deydi mazkur teatr adabiy boʻlimi mudiri Mohigul Nazarova. — Shundan soʻng bevosita teatrning oʻzida Navroʻz, ona-Vatan, tinchlikni madh etuvchi qoʻshiqlardan iborat musiqiy dastur, sahna dekoratsiyalari va tarixiy spektakllar liboslari koʻrgazmasi namoyish etildi.

Haftalik davomida Buxoro viloyat musiqali drama teatri tomonidan «Imom al Buxoriy», “Boʻronlarda bordek halovat” spektakllari, “Xorijlik kelin yoki buxorocha toʻy qilaman” komediyasi tomoshabinlar hukmiga havola etilmoqda. Teatrning taniqli aktyorlari bilan ijodiy uchrashuvlar uyushtirilyapti.

Istam IBROHIMOV,

“Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер