Buxoroda mudhish YTH: uch kishi halok boʻldi

15:44 29 Noyabr 2019 Jamiyat
1423 0

Oʻzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti Buxoroda avtobus va Nexia-2 avtomashinasi ishtirokidagi YTH boʻyicha batafsil maʼlumot berdi.

2019-yil 29-noyabr kuni taxminan soat 07:00larda 22 yoshli X.S. boshqaruvidagi Nexia-2 rusumli avtomashinasida Buxoro viloyat Jondor tumani hududidan oʻtuvchi Toshkent-Qoraqalpogʻiston A-380 yoʻlining 305-km.da harakatlanib kelayotgan vaqtida boshqaruvni yoʻqotib, qarama-qarshi yoʻnalishga chiqib ketishi oqibatida, ushbu yoʻnalishda kelayotgan Higer rusumli avtobusning old qismi bilan toʻqnashib, yoʻl-transport hodisasi sodir qilgan.

Oqibatda Nexia-2 avtomashinasining haydovchisi X.S. va yoʻlovchilar - 19 yoshli R.S., 49 yoshli M.M. hodisa joyida vafot etgan. Avtobus haydovchisi va yoʻlovchilari tan jarohati olishmagan.

Mazkur holat yuzasidan Buxoro viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi (odamlar oʻlimiga olib kelgan, transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. 

Hozirda ushbu jinoyat ishi boʻyicha dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер