Buxoroda mudhish avariya: 3 kishi vafot etdi
Foto: Тергов департаменти
2020-yilning 1-iyul kuni soat 07:00da haydovchi, 21 yoshli H.S. boshqaruvida boʻlgan Cobalt rusumli avtomashinani Buxoro viloyati Peshku tumani hududidan oʻtuvchi A-380 yoʻlining Xorazm-Buxoro yoʻnalishi boʻylab boshqarib borayotgan boʻlgan.
Oʻzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga koʻra, u ushbu yoʻlning 395-kilometrida, oʻzi bilan bir yoʻnalishda, oldinda harakatlanib borayotgan 52 yoshli Yu.Sh.ning boshqaruvida boʻlgan Mercedes-Benz 1841 LS rusumli yuk avtomashinasining orqa qismiga urilib, yoʻl-transport hodisasini sodir etgan.
Natijada, Cobalt avtomashina haydovchisi H.S. va yoʻlovchi sifatida ketayotgan 22 yoshli S.Y. hamda 50 yoshli P.N. hodisa joyda vafot etganlar.
Mazkur holat yuzasidan Peshku tuman IIB huzuridagi Tergov boʻlimi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Hozirda jinoyat ishi boʻyicha Buxoro viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
“Hurmatli haydovchilar, transport vositasini hushyor va sergak holatda boshqarishingizni, amaldagi “Yoʻl harakati qoidalariga” qatʼiy rioya qilishingizni soʻraymiz”, - deyiladi xabarda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring