Buxoroda “Matiz”ni daraxt bosib qoldi
Buxoro viloyat koʻp tarmoqli tibbiyot markazining avto turargohi hududida “Matiz” rusumli avtomashinani daraxt bosib qoldi. Bu haqda viloyat Ekologiya bosh boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, mazkur holat yuzasidan murojaat kelib tushgach Buxoro shahar Ekologiya boʻlimi inspektorlari zudlik bilan joyiga chiqib oʻrganish olib borgan.
Oʻrganishlar davomida aniqlanishicha, viloyat shifoxonasi hududida oʻsib turgan bir tup tut daraxtining ildiz oʻzagi zararkunanda hasharotlar zararlashi hamda markaziy ildizi chirishi sababli qulab tushgan. Oqibatda “Matiz” rusumli avtomashina daraxt osida qolib ketgan.

Bildirilishicha, hodisa tufayli fuqarolar orasida jabrlanganlar qayd etilmagan, avtomashinaga moddiy zarar yetgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring