Buxoroda ikki yigit yurib ketayotgan “Damas”ning ustiga chiqib oldi
Foto: Videodan kadr
Ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro viloyatida harakatlanib ketayotgan “Damas” avtomashinasining ustiga ikki nafar yigit chiqib olgani aks etgan video tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat Ichki ishlar boshqarmasi maʼlumot berdi.
Qayd etilishicha, videodagi holat kecha, 9-avgust kuni kuzatilgan. Viloyatning Romitan tumani hududidan oʻtuvchi A-380 avtomobil yoʻlining 236-kilometrida harakatlanayotgan “Damas” transport vositasining tom qismiga ikki nafar oʻsmir chiqib olgan. Ularning bu harakati yoʻlda ketayotgan boshqa bir avtomobil yoʻlovchilari tomonidan videoyozuvga tushirilgan.
Holat yuzasidan viloyat Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilib, mazkur transport vositasi jarima maydoniga joylashtirilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring