Buxoroda ham 32 nafar bemor koronavirusdan tuzaldi

14:20 25 Aprel 2020 Jamiyat
960 0

Buxoro viloyatidan bir yoʻla 32 nafar bemorning toʻliq sogʻayib chiqishi koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashayotgan tibbiyot xodimlarining navbatdagi gʻalabasidir. Ularning 22 nafari viloyat koʻp tarmoqli markazidan, 10 nafari yuqumli kasalliklar shifoxonasidan viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasi masʼullari ishtirokida reabilitatsiyaga kuzatildi.

Shifo topganlarning 30 nafari Rossiyadan, 1 nafari esa Turkiyadancharter reyslar orqali Buxoroga olib kelingan va karantinga olingan. Koronavirus infeksiyasi tasdiqlangach, tibbiyot muassasalariga joylashtirilgan. 1 nafar bemor koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda boʻlib, infeksiya yuqtirib olgan. Ulardan 28 nafari erkak, 4 nafari ayol. Bemorlarning 6 nafari Andijon viloyatidan, 5 nafari Toshkent viloyatidan, Qashqadaryo, Buxoro va Namangan viloyatlaridan 3 nafardan, Surxondaryo, Sirdaryo, Samarqand, Jizzax viloyatlari va Toshkent shahridan 2 nafardan, Qoraqalpogʻiston va Xorazm viloyatidan esa 1 nafardan. Ular orasida eng yoshi kattasi 74 yoshda boʻlsa, eng yoshi kichigi 15 yoshda.

Buxoro viloyati boʻyicha shu paytga qadar 178 nafar bemor sogʻaygan boʻlsa, endilikda ular 210nafarga yetdi. Yurtimizda bemorlarning sogʻayib chiqishi boʻyicha Toshkent shahridan keyin eng yuqori koʻrsatkich Buxoro viloyatidan qayd etilmoqda.

Hozirda mamlakatimiz boʻylab koronavirus infeksiyasidan sogʻaygan bemorlar 657 nafarni tashkil etmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер