Buxoroda giyohvandlik moddasini sotayotgan shaxs ushlandi

11:39 04 Yanvar 2022 Jamiyat
1167 0

Buxoroda giyohvandlik moddasini sotayotgan shaxs ushlandi. Bu haqda “Postda” xabar berdi.

Buxoro tumani IIB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan “Qoradori-2021” tezkor profilaktik tadbiri davomida Buxoro shahar Gulbahor koʻchasida yashovchi, 1982-yilda tugʻilgan M.A. va Buxoro shahar A. Jomiy koʻchasida yashovchi, 1986-yilda tugʻilgan M.S.lar oldindan jinoiy til biriktirib, Buxoro tumani Gulshanobod mahallasi Jonbobo aholi punktidagi avtomobillarga suyultirilgan gaz quyish shahobchasi yaqinidagi yoʻl yoqasida oʻzga bir fuqaroga qora rangli poliyetilenga oʻrab, qadoqlangan “gashish” giyohvandlik moddasini 124 ming soʻmga sotayotgan vaqtda qoʻlga olindi.

Mazkur holat yuzasidan M.S. va M.A.larga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер