Buxoroda erkak akasining xotiniga bir necha marta pichoq urdi
Buxoro viloyatining Romitan tumanida erkak mast holatda akasining turmush oʻrtogʻini pichoqladi. Bu haqda Buxoro viloyati ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.
Joriy yilning 4-yanvar kuni soat taxminan 22:00 larda Romitan tumanidagi “Shoʻrchi” mahalla fuqarolar yigʻinida yashovchi fuqaro mast holda akasining uyiga kelib, turmush oʻrtogʻi bilan janjal qilgan. Erkak jahli chiqqan holda oshxona pichogʻini qoʻliga olib, ayolning pastki chap koʻkragiga ikki marta va oʻng pastki koʻkrak qismiga bir marta zarba bergan.
Hozirda jabrlanuvchi viloyat markaziy shifoxonasiga yotqizilib, u yerda tibbiy muolajalar oʻtkazilmoqda.
Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Gumonlanuvchi qoʻlga olingan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring