Buxoroda bola pulini tayinlash uchun 500 ming soʻm soʻragan mahalla raisi qoʻlga olindi
Buxoroda bola parvarishi boʻyicha nafaqa pulini tayinlash uchun 500 ming soʻm tamagirlik qilgan gʻijduvonlik mahalla raisi qoʻlga olindi. Bu haqda viloyat IIB Axborot xizmati xabar berdi.
Tuman mahallalaridan birining raisi, 1975-y.t. D.I. xizmat mavqeidan foydalanib, fuqaro O.X. ni aldab, uning turmush oʻrtogʻi M.Sh. ga ikki yoshga toʻlgunga qadar bola parvarishi boʻyicha nafaqa tayinlash evaziga tamagirlik yoʻli bilan 500.000 soʻm pul berishni talab qilib, pullarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olingan.
Mazkur holat yuzasidan D.I. ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi «v» bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring