Buxoroda bank kartasidan pullarni nomaʼlum tarzda yechib olgan shaxs aniqlandi

07:50 31 Avgust 2023 Jamiyat
533 0

Buxoro viloyati Kogon shahrida yashovchi 25 yoshli Z.Ye. IIOga murojaat qilib, bank kartasidan 28.000.000 soʻm pullar nomaʼlum tarzda yechib olinganligini maʼlum qilgan.

Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik boʻlinmalari xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Buxoro viloyati Kogon shahrida yashovchi 23 yoshli Sh.J. sodir etganligi aniqlandi.

Gumon qilinuvchi sifatida tergov harakatlariga jalb etilgan Sh.J. jabrlanuvchi Z.Ye. bilan oldindan yaxshi tanish boʻlganligi va yaqinda u bilan koʻrishganida bank kartasini oʻgʻirlab, uning 4 talik maxfiy kodini bilib olganiga koʻra, shu vaqtda bank kartasi hisobida boʻlgan 28.000.000 soʻm pullarni bankomat orqali naqdlashtirib olganligi maʼlum boʻldi.

Mazkur holat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, Sh.J.ning sodir etilib, fosh etilmay qolgan boshqa shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligini tekshirish maqsadida tergov, tezkor-qidiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Qonunga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun 1 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер