Buxoroda avtomobillarni yuvish shoxobchasi xodimi mast holatda “Nexia” rusumli avtomashinani oʻgʻirlab ketdi
Foto: Oʻzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti
2022-yil 15-yanvar kuni soat 23:30larda 31 yoshli A.A. oʻziga tegishli boʻlgan “Nexia-3” rusumli avtomashinasini yuvdirish maqsadida Buxoro shahar Sheyxon koʻchasida joylashgan avtomobillarni yuvish shoxobchasiga kelib, oldindan tanish boʻlgan shoxobcha ishchisi, 18 yoshli Z.O.,ga transport vositasini yuvish uchun tashlab ketib, yarim soatlardan soʻng avtomashinasini olib ketmoqchi boʻlib kelganida Z.O., unga tegishli avtomashinani boshqarib ketib qolganligi aniqlangan.
Olib borilgan tergov-tezkor harakatlar natijasida, olib qochilgan avtomashina Z.O. tomonidan Shofirkon tumani hududiga borib qoldirib ketganligi aniqlanib, avtomashina ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.
Mazkur holat yuzasidan Buxoro shahar IIO FMB huzuridagi Tergov boʻlimi tomonidan Z.O.,ga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, qoidabuzar protsessual tartibda ushlangan.
Tergov jarayonida aniqlanishicha, shu kuni Z.O., mast holatda transport vositasini olib qochib, keyinchalik esa Shofirkon tumani hududiga yetib kelganida avtomashinaning gaz yoqilgʻisi tugaganligi sababli avtomashinani shu hududda qoldirib ketishga majbur boʻlgan.
Tergov harakatlari davom etmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring