Buxoroda 325 nafar bemor koronavirusdan tuzaldi
Buxoro viloyatida koronavirusga chalingan navbatdagi 25 nafar bemor toʻliq sogʻaydi. Ular viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasi masʼullari ishtirokida reabilitatsiyaga kuzatildi.
Shifo topganlarning 22 nafari Rossiyadan, 1 nafar esa Turkiyadan charter reys bilan Buxoroga olib kelingan va karantinga olingan. Koronavirus infeksiyasi tasdiqlangach, shifoxonaga joylashtirilgan. Qolgan 2 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olishgan. Sogʻayganlarni xududlar kesimida oladigan boʻlsak, Buxoro, Samarqand, Qashqadaryo viloyatlari va Toshkent shahridan 4 nafar, Surxondaryo viloyatidan 3 nafar, Xorazm, Andijon, Namangan va Sirdaryo viloyatlaridan 1 nafar hamda Qirgʻiziston Respublikasining 2 nafar fuqarosi ham bor. Ularning 19 nafari erkak, 6 nafari ayol boʻlib, eng yoshi kattasi 55 yoshda boʻlsa, eng yoshi kichigi 15 yosh.
Buxoro viloyati boʻyicha shu paytga qadar 300 nafar bemor sogʻaygan boʻlsa, endilikda ular 325 nafarga yetdi.
Hozirda mamlakatimiz boʻylab koronavirus infeksiyasidan sogʻaygan bemorlar 1159 nafarni tashkil etmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring