Buxoro viloyatida isteʼmolga yaroqsiz un mahsulotini savdoga chiqarilishining oldi olindi

15:18 26 Yanvar 2024 Jamiyat
540 0

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Buxoro viloyat boshqarmasi tomonidan tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda “K.B.” MCHJ rahbari J.N. va boshqalar oʻzaro til biriktirib, “M.” savdo belgisidan noqonuniy foydalanib, isteʼmolga yaroqsiz un mahsuloti savdosi bilan shugʻullanib kelayotganligi aniqlanib, MCHJ savdo doʻkonidan 164 qop isteʼmolga yaroqsiz un mahsuloti ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-moddasi (xavfsizlik talablariga javob bermaydigan tovarlarni oʻtkazish maqsadini koʻzlab ishlab chiqarish, saqlash, tashish yoxud oʻtkazish, ishlar bajarish yoki xizmatlar koʻrsatish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер