Buxoro viloyatida 4 nafar yangi hokim ish boshladi
Bugun Buxoro viloyatining bir nechta tumanida hokimlar oʻzgardi. Xususan, Xalq deputatlari Peshku tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi boʻlib oʻtdi. Sessiyada tashkiliy masala koʻrildi. Hayot Hasanovich Davlatov Peshku tumani hokimi etib tasdiqlandi.
Shuningdek Xalq deputatlari Vobkent tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi boʻlib oʻtdi. Unda Qorovulbozor tumani hokimi vazifasida ishlab kelayotgan Akmal Ostonov Vobkent tumani hokimi etib tasdiqlandi.
Shu bilan birga Kogon shahrida boʻlib oʻtgan navbatdan tashqari sessiyada Mirshakar Toʻraboyev shahar hokimi etib tasdiqlandi.
Oʻtkir Hamroyev esa Qorovulbozor tumani hokimi etib tasdiqlandi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring