Buxoro viloyati hokimiga oʻrinbosar tayinlandi

11:27 05 May 2021 Jamiyat
1052 0

Botirjon Shaxriyorov Buxoro viloyati hokimining turizm, sport, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari – Turizm va sport bosh boshqarmasi boshligʻi etib tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

Botirjon Shaxriyorov 1971-yilda Gʻijduvon tumanida tugʻilgan. Maʼlumoti oliy, 1994-yili Toshkent davlat texnika universitetini, 1998-yili Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti magistraturasini, 2004-yili Oʻzbekiston milliy universitetini tamomlagan. Mutaxassisligi — muhandis-iqtisodchi, huquqshunos.

Mehnat faoliyatini 1994-yilda Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining “SANIIRI” ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi kichik ilmiy xodimi sifatida boshlab, Toshkent shahar Hamza va Yakkasaroy tumanlari va Toshkent shahar Davlat soliq organlarida shoʻba, boʻlim boshligʻi va inspeksiya boshligʻi oʻrinbosari (1995-2004), Vazirlar Mahkamasi axborot-tahlil boshqarmasining byudjet-soliq, pul kredit siyosati boʻlimi, keyinchalik Yigʻma axborot-tahlil departamentining hududlarni rivojlantirish masalalari iqtisodiyotdagi tarkibiy islohotlar yigʻma axborot-tahlil departamentining hududlarni rivojlantirish masalalari boʻyicha yetakchi mutaxassisi (2004-2005), Toshkent shahar hokimligi axborot-tahlil guruhi rahbari (2005-2007), Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonining tashkiliy-nazorat xizmati inspektori (2007-2009), Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi jismoniy shaxslar daromadlariga soliq solish boshqarmasi boshligʻi (2009-2011), Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Davlat aktivlarini boshqarish markazi bosh direktori v.b. (2011-2014), “Toshkent” Respublika fond birjasi aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi (2014-2015), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Davlat mehnat huquq inspeksiyasi boshligʻi (2015-2017) lavozimlarida faoliyat yuritgan.

Botirjon Shaxriyorov 2017-yil 18-avgustdan buyon viloyat hokimining turizm masalalari boʻyicha oʻrinbosari vazifasida ishlab kelayotgan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер