“Buxoro turizm markazi” qurilishi uchun boshqa maqbul yer maydonlari tanlanadi
Foto: Illustrativ foto
Soʻnggi kunlarda ommaviy axborot vositalarida keng muhokamalarga sabab boʻlayotgan Buxoro shahrida “Buxoro turizm markazi” qurilishi masalasi boʻyicha quyidagilar maʼlum qilindi.
Bugungi kunda “Buxoro turizm markazi” loyihasi dastlabki bosqichda tayyorlanmoqda. Ushbu loyiha puxta ishlab chiqilgandan soʻng tegishli tartibda barcha kelishuvlardan oʻtkaziladi.
Mazkur loyiha boʻyicha keng jamoatchilik va fuqarolar fikrini inobatga olib, boshqa maqbul yer maydonlari tanlanadi. Shuningdek, YUNESKO umumjahon markazining tegishli xulosasi olingan holda, yakuniy qaror qabul qilinadi va shundan soʻng qurilish ishlari boshlanadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring